Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi ayrim quriliş kompaniyalari atrofidagi vaziyatlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Gap uylarni topşiriş muddatlarining buzilişi, xaridorlarga pullar qaytarilmasligi va qator quruvçi kompaniyalar rahbariyatiga nisbatan jinoyat işlari qözğatilişi haqida bormoqda.
Qömita uy-joy uçun mablağ kiritgan fuqarolarning ham vaʼda qilingan xonadonsiz, ham pulini qaytarib oliş imkoniyatisiz qolişini yöl qöyib bölmaydigan holat deb baholadi.
Bunday vaziyatlarning oldini oliş uçun eskrou hisobvaraqlari tizimini joriy etiş taklif qilinmoqda. Bu mexanizm Oliy Majlis Qonunçilik palatasida körib çiqilayotgan «Köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida»gi qonun loyihasida nazarda tutilgan.
Eskrou tizimida xaridorning puli maxsus bank hisobvarağiga joylaştiriladi. Mablağ quruvçiga faqat belgilangan şartlar bajarilgandan keyingina ötkaziladi. Qömitaga köra, bu firibgarlik va fuqarolar mablağlaridan maqsadsiz foydalaniş xavfini sezilarli kamaytiriş imkonini beradi.
Mexanizm quriliş jarayonida jiddiy muammolar yuzaga kelsa, loyihaga boşqa quruvçini tezkor jalb qiliş imkoniyatini ham nazarda tutadi. Bu dastlabki quruvçi öz majburiyatlarini bajara olmagan taqdirda ham işlarni davom ettiriş va qurilişni yakunlaşga qaratilgan.
Milliy qömita xaridorlar mablağlarini himoya qiliş, quruvçilarning majburiyatlarini bajarişini taʼminlaş hamda halol işlayotgan kompaniyalar uçun şaffof va teng şaroitlar yaratiş zarurligini taʼkidladi.
Qömita fikriça, eskrou tizimini tezroq joriy etiş muammoli vaziyatlarning oldini oliş va fuqarolarning qurilayotgan uy-joylar bozoriga işonçini tiklaş uçun muhim qadam böladi.












