Agar «Norozi fuqarolar aksiyasi» (ANO) partiyasi Çexiya parlamenti quyi palatasida hukmron koalitsiyani tuzişga muvaffaq bölsa, unda mamlakat budjetidan Ukrainaga harbiy yordam uçun mablağ ajratiş töxtatiladi. Bu haqda 8 oktyabr, çorşanba kuni Pragada bölib ötgan matbuot anjumanida partiya yetakçisi, milliarder Andrey Babiş ma’lum qildi, deb xabar beradi České Noviny.

Babişning sözlariga köra, Çexiya allaqaçon Yevropa Ittifoqi budjetiga «60 milliard» hissa qöşyapti, bu Ukrainaga uruşda yordam beradi. «Biz Ukrainaga qurol-yaroğ uçun bir krona ham (budjetdan) bermaymiz», — deya siyosatçi sözlarini keltiradi České Noviny. «Çexiya uçun pulimiz yöq. Öylaymanki, biz Ukrainaga töğridan töğri yordam berdik, endi ularga Yevropa Ittifoqi orqali yordam beriladi».

Andrey Babiş, şuningdek, Çexiyaning Ukraina armiyasi uçun snaryadlar va öq-dorilar sotib oliş taşabbusini töxtatişga yana bir bor va’da berdi. Uning sözlariga köra, taşabbusning özi «oddiy», lekin uni mudofaa ittifoqi sifatida bevosita NATOga a’zo davlatlar hal qilişi kerak.

Siyosatçi, şuningdek, Ukraina uçun snaryadlar sotib oliş jarayoni şaffof emasligini va xususiy kompaniya undan «ön milliardlab daromad olganini» da’vo qildi. Babiş boşqa tafsilotlarni keltirmadi.

OAV xabarlariga köra, 2024 yilda Ukraina «Çexiya taşabbusi» doirasida 1,5 million, 2025 yilda esa 1,1 million artilleriya snaryadlari olgan. Umuman olganda, taşabbus Kiyevning ittifoqçilari tomonidan moliyalaştirilgan Ukraina Qurolli kuçlari uçun 3,5 million artilleriya snaryadlarini sotib olişni qoplaşga qaratilgan. Avvalroq Çexiya taşqi işlar vaziri Yan Lipavskiyning tuşuntirişiça, mamlakat bu taşabbusni aynan NATOda buning uçun zarur apparat yöqligi sababli öz zimmasiga olgan.