“Biznesni rivojlantiriş banki” ATB mazkur ixtisoslaşgan kompaniyani moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaş uçun mas’ul etib belgilangan va hamkorlikda bir neçta muhim loyihalar amalga oşirilmoqda.

Kuni keça şunday loyihalardan biri - Yangiyöl tumanining Xalqobod mahallasida “Tomorqa maktabi” taşkil etildi. Oçiliş marosimida “Biznesni rivojlantiriş banki” ATB Boşqaruvi va “Özagrostar xolding” kompaniyasi rahbariyati, xorijiy mutaxassislar hamda tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xöjaliklari vakillari iştirok etdi.

Mazkur maktabda tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xöjaliklari vakillarining har bir guruhi uçun haftada 4 kun öquv maşğulotlari taşkil etiladi. Maşğulotlar tajribali professor-öqituvçilar tomonidan olib boriladi. Xususan, “Yangiyöl – Agrostar” kompaniyasiga turkiyalik malakali, oliy toifali agronom Çengiz Yalçin jalb etilib, uşbu malakali mutaxassis ham yer egalariga özining amaliy bilimlarini beradi. Şuningdek, fransiyalik mutaxassis, “Experto consulting” kompaniyasi eksperti Stanislas Enrion bilan ham yaqin hamkorlik örnatilgan. U örganişlaridan kelib çiqib, ixtisoslaşgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişni rivojlantiriş böyiça tavsiyalarini berib boradi. Bu yerda yil yakuniga qadar 600 ga yaqin tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xöjaliklari vakillarini öqitiş reja qilingan.

Bu yönalişdagi işlarni samarali taşkil etiş maqsadida Toşkent davlat Agrar universiteti, Sabzavotçilik va tuproqşunoslik ilmiy tekşiriş instituti hamda “AGROLAB” ilmiy tekşiriş laboratoriyalari bilan kelişuvlarga erişilgan. Eng muhimi, maşğulotlar nazariy, amaliy va köçma tarzda taşkil etiladi.

Bundan taşqari, “Tomorqa maktabi” tinglovçilari agrobiznes sektori uçun zarur bölgan laboratoriya tahlili xizmatlarini taqdim etiş uçun möljallangan “AGROLAB ÖHQM” MÇJ sinov laboratoriyasida 3 kun davomida olingan nazariy bilimlarini mustahkamlab, tuproq, suv va meva-sabzavotlarning tarkibi, tahlili, eksport qilinadigan mahsulotlarga olinadigan sertifikat uçun qöyilgan talablar bilan tanişiş imkoniyatiga ega böladi.












