Yevropa Ittifoqi Rossiyaning «soya floti» deb ataluvçi kemalarni tekşiriş böyiça öz vakolatlarini kengaytiriş niyatida, deb yozadi Politico 19 oktyabr, yakşanba kuni Yevropa taşqi işlar xizmati (EEAS) Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlari uçraşuvi uçun tayyorlagan hujjatga tayanib.
Hujjatda ta’kidlanişiça, Rossiya neftini olib ketayotgan çet el bayroği ostidagi kemalar atrof-muhitga, navigatsiya xavfsizligiga, muhim infratuzilmaga xavf tuğdiradi va «Yevropa Ittifoqi hududiga qarşi gibrid hujumlar uçun platforma sifatida» ham foydalanilişi mumkin.
Ba’zi hollarda bunday kemalar Rossiyaning uçuvçisiz uçoqlari uçun uçiş maydonçalari vazifasini ötagan, ehtimol Yevropadagi fuqarolik aeroportlarini razvedka qiliş va beqarorlaştiriş uçun, deya xabar beradi Politico.
Şu munosabat bilan, EEAS «a’zo davlatlarga majburlaş çoralari samaradorligini oşiriş uçun qöşimça vosita, jumladan, «soya floti» kemalarini tekşiriş uçun huquqiy asoslarni taqdim etiş» maqsadida texnik maslahatlaşuvlarni boşladi. Deklaratsiya loyihasi, xususan, EEAS hujjatiga köra, bayroqlari «soya floti» kemalarida osib qöyilgan davlatlar va YeI örtasida oldindan tasdiqlangan tekşiruvlar böyiça ikki tomonlama kelişuvlarni nazarda tutadi.












