Donald Tramp va Vladimir Putin örtasidagi uçraşuvga tayyorgarlik töxtatildi, dedi Oq uy vakili anonimlik şarti bilan jurnalistlarga. U uçraşuv «yaqin vaqtlar içida» ötkazilmasligini qöşimça qildi.
Keyinroq buni Trampning özi ham tasdiqladi. U uçraşuvning qoldirilişini «vaqtni behuda sarflaşni istamasligi» bilan izohladi. «Men foydasiz uçraşuv ötkazişni istamayman. Bundan nima çiqişini körmagunimça vaqtni behuda sarflaşni istamayman. Men [ularga] töqnaşuv çiziği böyiça kelişing, ortga çekining, uyga qayting va tanaffus qiling, çunki sizlar bir-biringizni öldirayotgan, haftasiga 5-7 ming askar yöqotadigan ikki mamlakatsiz dedim. Biz hali uçraşuv haqida qaror qabul qilmadik», – dedi AQŞ prezidenti.
Tramp yaqin ikki kun içida ehtimoliy muzokaralar böyiça keyingi rejalari haqida ma’lum qilişga va’da bergan.
Rossiya tomoni bir kun oldin ham uçraşuvga tayyorgarlik davom etayotganini ta’kidlagandi. «OAV bölajak sammitga putur yetkaziş uçun „yaqin kelajak“ haqidagi şarhlarni buzib körsatmoqda», – degandi Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa bugun uçraşuv muddati oldindan belgilanmagani va bu endi qilinişi kerak bölgan masala ekanini aytdi. «Bungaça puxta tayyorgarlik köriş kerak. Buning uçun vaqt kerak. Heç qanday yangilik yöq», – dedi Kreml vakili.
Peskov ikki prezidentning heç biri «vaqtni behuda sarflaşni istamasligi», çunki ular «yuqori samaradorlik bilan samarali işlaşga odatlangani» va bu samaradorlik har doim tayyorgarlikni talab etişini qöşimça qilgan.
Vengriya boş vaziri Viktor Orban ham Budapeştda ötkazilişi kutilayotgan uçraşuvga tayyorgarlik davom etayotganini ma’lum qildi. Şu bilan birga, u sammit qaçon ötkazilişi hali aniq emasligini tan oldi.
Putin va Tramp 16 oktyabr kuni bölib ötgan telefon suhbatidan keyin Budapeştda uçraşişga kelişib olgandi. Öşanda AQŞ prezidenti muzokaralar ikki hafta içida ötkazilişi mumkinligini va undan oldin kontakt guruhlari uçraşuvi bölib ötişini aytgandi, unda AQŞ delegatsiyasiga davlat kotibi Marko Rubio rahbarlik qilişi közda tutilgandi.
Dastlab Tramp dastlabki uçraşuv joriy haftada bölib ötişini aytgandi, biroq duşanba kuni Rubio va Lavrovning telefon orqali muloqotidan söng CNN telekanali uçraşuv qoldirilganini ma’lum qildi. Buning sababi sifatida Amerika manbalari Rossiya «maksimalist talablari»dan voz keçişga tayyor emasligini keltirişdi. OAV ma’lumotlariga köra, Moskva Donetsk oblastining butun hududi ustidan nazoratni topşirişni talab qilmoqda – Tramp esa mojaroni frontning hozirgi çiziğida muzlatişni taklif qilgan.
Budapeştdagi ehtimoliy uçraşuv haqidagi xabarlar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Oq uyga taşrifi arafasida paydo bölgandi. Uşbu taşrif çoğida Ukraina Trampdan Tomahawk raketalarini yetkazib berişga rozilik olmoqçi edi. Oxir-oqibat, AQŞ prezidenti bunga rozilik bermadi – Amerikadagi manbalari buni Putin bilan bölajak uçraşuv fonida Moskva bilan munosabatlarni yomonlaştirmaslik zarurati bilan izohlagandi.













