Oq uy Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar tayyorladi, agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin uruşni tugatişni keçiktirişda davom etsa, ular joriy etilişi mumkin, deb yozdi Reuters AQŞ rasmiylariga tayanib.

Yangi çeklov çoralari Rossiya iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga qaratilgan, dedi agentlik suhbatdoşlari. AQŞ tomonidan tayyorlangan qöşimça sanksiyalarning ba’zilari Rossiyaning bank sektori va neftni bozorga olib çiqiş uçun foydalaniladigan infratuzilmaga qaratilgan, dedi ular.

Ukraina tomoni ham ötgan hafta AQŞga Rossiya banklarini dollar tizimidan butunlay uzişni taklif qilgandi, ammo Oq uy bu taklifga qanday munosabatda bölgani noma’lum.

Biroq, sanksiyalarga murojaat qilişdan oldin, dedi manbalardan biri, AQŞ yevropalik hamkorlari ham yangi çeklov çoralarini joriy etiş orqali öz qadamini qöyişiga umid qilmoqda.

Rasmiylarga köra, AQŞ yevropalik hamkorlariga Yevropa Ittifoqining Ukrainaga Amerika qurollarini sotib oliş uçun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanişini qöllab-quvvatlaşini aytgan. Şu bilan birga, Tramp ma’muriyati Ukraina armiyasini qöllab-quvvatlaş uçun Rossiyaning AQŞdagi aktivlarini qanday işga solişni muhokama qila boşladi.

Naşr suhbatdoşining sözlariga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp katta ehtimol bilan bir neça hafta tanaffus qilib, Rossiyaning «Rosneft» va «Lukoyl» kompaniyalariga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarga reaksiyasiga baho beradi.

Vaşington yaqin kelajakda bunday rejalarni amalga oşiradimi yoki yöqmi, hozirça noma’lum, deb yozdi Reuters, ammo ularning mavjudligi Tramp ma’muriyatida Rossiyaga yanada bosim ötkaziş uçun vositalar töplami borligini körsatadi.

AQŞ 22 oktabr kuni Rossiyaning eng yirik neft kompaniyalari - «Lukoyl» va «Rosneft»ga qarşi sanksiyalar joriy qildi. Bu Tramp AQŞ prezidenti lavozimiga qaytganidan keyin Rossiyaga qarşi birinçi sanksiyalardir.

Sanksiyalar joriy etilgandan söng, Xitoyning törtta davlat neft kompaniyasi (XXR - Rossiya neftining eng yirik importçilaridan biri) Rossiyadan xaridlarni töxtatdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sanksiyalarni Rossiyaga bosim deb atadi va ular «mamlakatning iqtisodiy ahvoliga sezilarli ta’sir körsatmasligini» aytdi.