Angliya: «Sanderlend» ikkinçi örinda

«Çelsi» – «Sanderlend» 1:2
Gollar: Garnaço, 4 (1:0). Izidor, 22 (1:1). Talbi, 90+3 (1:2)
«Çelsi»: Sançes, Çaloba, Açimpong (Adarabioyo, 76), Kukurelya, Jyeyms, Fernandes, Kaysedo, Joao Pedro (Santos, 85), Garnaço (Estevao, 58), Pedru Netu (Jorj, 85), Giu (Gittens, 76)
«Sanderlend»: Rufs, Ballard, Gertreyda, Mandava, Hyum, Mukele, Sadiki, Jaka, Le Fe (Rigg, 75), Traore (Talbi, 65), Izidor (Brobbi, 75)
Ogohlantirişlar: Santos, 88 – Le Fe, 70

Garnaço öyin startidayoq yaqin burçakni aniq nişonga olib, «Çelsi» safidagi ilk golini nişonladi. Argentinalik futbolçi – köklar jamoasi safida bu mavsumda gol urgan öninçi futbolçiga aylandi va Enso Mareska jamoasi bilan bu borada faqat APL yetakçisi «Arsenal» bir xil körsatkiçga ega. Ammo londonliklar muvaffaqiyatni rivojlantira olişmadi, bölim örtalarida mehmonlar töpurari Izidor mavsumdagi törtinçi golini urib, hisobni tenglaştirdi. Butun öyin davomida mezbonlar «qora muşuklar» jarima maydonini qamal qildi, ammo öz maqsadiga erişa olmadi, öyinga qöşib berilgan daqiqalarda esa raqib himoyaçilarning xatosidan foydalanib, ğalabani ilib ketdi, bu ularning «Stemford Brij»da 2014 yildan buyon ilk bor ğalaba qozonişidir. Mavsum debyutantlaridan biri bölgan «Sanderlend» endi oçkolari sonini 17 taga yetkazib, turnir jadvalida hozirça ikkinçi öringa kötarilib oldi, bu mavsum çempionlik uçun kuraşişi kutilgan «Çelsi» esa yettinçi örinda joylaşgan.

«Nyukasl Yunayted» – «Fulhem» 2:1
Gollar: Merfi, 18 (1:0). Lukiç, 56 (1:1). Gimarayns, 90 (2:1)
«Nyukasl Yunayted»: Poup, Botman (Şer, 61), Tşau, Bern, Trippiyer, Gimarayns, Mayli (Tonali, 61), Joelinton, Gordon (Elanga, 76), Myorfi (Barns, 61), Voltemade (Osula, 86)
«Fulhem»: Leno, Bassi, Diop, Sessenon, Tete, Berge, Lukiç (Kerni, 85), Smit-Rou (Kevin, 46), Ivobi, Traore (King, 76), Ximenes
Ogohlantirişlar: Tete, 3. Ivobi, 66

Çempionlar ligasida işlari yaxşi ketayotgan «Nyukasl» içki çempionatda turnir jadvalining ikkinçi qismidan kötariliş uçun kuraş olib bormoqda. Şanba kungi öyinda bu maqsad sari muhim qadam taşlandi, apreldan buyon gol urmagan Myorfi esa maydon markaziga yaqin hududda Bassidan töpni olib qöydi va öz yurişini gol bilan yakunladi. Ammo «Fulhem» ikkinçi bölim boşida muvozanatni tikladi, mezbonlar esa faqat sönggi daqiqalarda bir amallab ğalaba golini urişdi. Bu vaziyatda ham mehmonlar maydon markazida töp yöqotişdi va hujumni Bruno Gimaraes qaytgan töpni darvoza töriga yöllaş bilan yakunladi.

«Mançester Yunayted» – «Brayton» 4:2
Gollar: Kunya, 24 (1:0). Kazemiro, 34 (2:0). Mbeumo, 61 (3:0). Uelbek, 74 (3:1). Kostulas, 90+2 (3:2). Mbeumo, 90+6 (4:2)
«Mançester Yunayted»: Lammens, de Ligt, Şou (Heven, 65), Yoro, Brunu Fernandeş, Kazemiro (Dorgu, 70), Dalot, Diallo (Maynu, 70), Kunya (Ugarte, 81), Mbeumo, Şeşko (Zirkze, 82)
«Brayton»: Verbryuggen, Dank, van Hekke, Ferdi Kadiöğli, Viffer (Tsimas, 87), Baleba (Milner, 59), Ayyari (Gomes, 60), Ryutter (Kostulas, 79), De Kyuyper (Uotson, 59), Minte, Uelbek
Ogohlantirişlar: Dorgu, 72. Şeşko, 81 – Baleba, 41. Ferdi Kadiöğli, 90

Muxlislar har turda Ruben Amorimning qayğuli yuzini körişga örganib qolişgandi, u «Old Trafford»ga kelganidan keyin bir neça yoşga qarib ketgandek körinardi. Ammo endi portugaliyalik mutaxassis yoşarib qolgandek va yuzida tabassum bilan tribunaga kelgan muxlislarni olqişlamoqda. Qatorasiga uç ğalaba – bu muxlislar uçun haqiqiy bayram, bu safargi ğalaba Mateus Kunyaning «MYu» safidagi ilk golini urişi bilan boşlandi. Braziliyalik hujumçi olis masofadan yöllagan zarbasi bilan APLning bu boradagi eng mohir futbolçisi ekanini eslatdi. Agar ötgan mavsum boşidan buyon hisoblansa, uzoq masofadan urilgan gollar soni böyiça (7) u peşqadamlik qilmoqda. Uning goliga assistentlik qilgan Kazemiro esa köp ötmay rikoşet orqali hisobdagi farqni ikkitaga oşirdi. Şundan keyin esa Mbeumo katta sahnaga çiqdi. Kamerunlik hujumçi ikkinçi bölimda hisobni yirik körinişga keltirdi, lekin «Brayton» şundan keyin taşabbusni öz qöliga olib, oradagi farqni minimumgaça qisqartirdi, Mbeumo esa qöşimça daqiqalarda öyin taqdirini hal qildi. Bu ğalabadan keyin mankunianliklar hozirça kuçli törtlikka kirib olgan.

«Brentford» – «Liverpul» 3:2
Gollar: Uattara, 5 (1:0). Şade, 45 (2:0). Kerkez, 45+5 (2:1). Tiago, 60 – penalti (3:1). Saloh, 89 (3:2)
«Brentford»: Kelleher, van der Berg, Kollinz, Ayyer (Henri, 90+6), Kayode, Henderson, Yarmolyuk (Yanelt, 29), Damsgor (Lyuis-Potter, 79), Şade (Yyensen, 79), Uattara (Oneka, 90+6), Tiago
«Liverpul»: Mamardaşvili, van Deyk, Konate, Kerkez (Roberson, 61), Bredli (Makallister, 62), Soboslai, Jons (Ngumoxa, 70), Virs (Gomes, 83), Gakpo (Kiyeza, 61), Saloh, Ekitike
Ogohlantirişlar: Şade, 76. Lyuis-Potter, 90. Tiago, 90 – Kerkez, 33. Salax, 57

Şu kunlarda Angliyada Saloh ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida «Liverpul» futbolçisi ekani haqidagi ma’lumotni olib taşlagani keng muhokama qilinmoqda. Misrlik futbolçi YeÇL öyinida boşlanğiç tarkibga kiritilmaganidan keyin şunday yöl tutgandi, ammo u şanba kuni «Brentford» bilan öyinda yana ilk daqiqalardan harakat qildi, bu uning APLda uzluksiz 50 öyinda startda tuşişi böldi, bunaqasi hali mersisaydliklar tarixida heç bir hujumçi bilan kuzatilmagan. Mezbonlar tezkor gol bilan hisobni oçişgaç, 17 sentabrdan buyon davom etayotgan golsiz seriyasi qayd etayotgan Salohdan özini körsatiş talab etilardi, unda bunday imkoniyat yuzaga kelganida esa töpni darvoza töriga yöllaş örniga sobiq jamoadoşi Kelleherga jarohat yetkazişiga bir baxya qoldi. Uning ortidan Virs ham jarima maydoni markazida turib töğri zarba bera olmadi.

Mezbonlar ham vaziyatlar yaratişda nomdor raqibidan qolişmadi, Mamardaşvili Damsgorning darvoza tösini ostiga borayotgan zarbasini bartaraf etişiga töğri keldi, ammo gurjistonlik posbon yakkama-yakka vaziyatga çiqib kelgan Şade qarşisida ojiz qoldi. Birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Kerkez mersisaydliklar safidagi ilk golini urdi, ammo bu mehmonlarning muqarrar mağlubiyatini bekor qila olmadi.

Tanaffusda ğaroyib almaştiriş amalga oşirildi. Yöq, Slot bu safar ham öyini çiqmagan Salohni almaştirişga jur’at qilmadi. Öyin hakam Xuper uçun muddatidan oldin yakunlandi. Birinçi bölim oxirida u jarohat olgani ma’lum böldi, şu tufayli ikkinçi bölim boşlanişi biroz keçikdi, uning örniga tuşirilgan Robinson qizib olişi uçun ma’lum vaqt talab etildi.

Yangi hakam esa van Deykning qöpolligidan keyin mehmonlar darvozasiga penalti qöydi, bu vaziyatda niderlandiyalik himoyaçi raqib hujumçisi Uattarani jarima maydoni içidan qöllari bilan turtib çiqardi va keyin oyoğini bosib oldi.

Belgilangan penaltini esa mezbonlar töpurari Tiago aniq ijro etib, mavsumdagi oltinçi golini urdi.

Saloh esa Soboslaining yordami bilan uzoq kutilgan golini urdi, ammo bu amalda heç narsani özgartirmadi.

90+1-daqiqada van Deyk yana bir bor ehtiyotsizlik qilib, jarima maydoni içida tirsagi bilan Tiagoning böyin qismiga zarba berdi, ammo bu safar Robinson uni ayadi.

Hakam öyinga 11 daqiqa qöşib berdi, ammo «Brentford» özi haqli bölgan ğalabali hisobni uşlab qoldi. Jamoalar birgalikda darvozalarga 34 bor zarba berişdi (17:17), darvoza sohasiga töğri borgan zarbalar böyiça mezbonlar ustunlikka erişdi (8:5).

APLning özida qatorasiga törtinçi öyinda mağlub bölgan «Liverpul»da inqiroz davom etadi. Bu Arne Slot şogirdlarining butun ötgan mavsum davomida uçralgan mağlubiyatlari soniga teng.

Ispaniya: ğalabali yubiley

«Valensiya» – «Vilyarreal» 0:2
Gollar: Moreno, 45 – penalti (0:1). Komesanya, 57 (0:2)
«Valensiya»: Agirresabala, Kopete, Tarrega, Xose Gayya (Vaskes, 61), Korreya (Santamariya, 83), Gerra (Andre Almeyda I, 61), Pepelu (Raba, 83), Gruneveld, Rioxa, Beltran (Duro, 46), Diyego Lopes
«Vilyarreal»: Luis Junior, Foyt, Veyga, Kardona, Mourinio, Komesanya (Parexo, 79), Geyn (Partey, 68), Moleyro (Byukenen, 88), Pepe, Moreno (Peres, 68), Mikautadze (Axomax, 79)
Ogohlantirişlar: Kopete, 43. Tarrega, 90 – Geyye, 15. Mourinio, 15. Komesanya, 69. Pepe, 83

Jarohat tufayli avgustdan buyon öynay olmayotgan Jyerar Morenoning qaytişi yubiley öyinga töğri keldi — uşbu tajribali forvard «Vilyarreal» safidagi 300-öyinda maydonga tuşdi. U birinçi bölim oxirida penaltidan aniq zarba yöllab, öz qaytişini gol bilan nişonladi. Jyerar la ligada qatorasiga ön ikkinçi mavsumda gol urib, Grizmann, Inyaki Uilyams va Aspas kabi futbolçilarning natijasini takrorladi. Ikkinçi bölimda esa Santi Komesanya hisobni işonçli körinişga keltirdi. Marselino Toral şogirdlari endi turnir jadvalining uçinçi örnida mustahkam joylaşgan. Oldinda faqat bugun bölib ötadigan klasiko iştirokçilari joylaşgan. Qolaversa, «Valensiya» endi «sariq sumbarinalar» uçun içki çempionatdagi eng qulay raqibga aylandi (+22=11-18).

Italiya: Konte yana uddaladi

«Napoli» – «Inter» 3:1
Gollar: De Bryuyne, 33 – penalti (1:0). Maktominay, 54 (2:0). Hoqon Çalxonöğli, 59 – penalti (2:1). Zambo Angissa, 66 (3:1)
«Napoli»: Milinkoviç-Saviç, Buondjorno (Guterres, 90), Juan Jyezus, Spinatssola (Bekema, 90), Di Lorenso, Gilmor, De Bryuyne (Olivera, 37), Zambo Angissa, Maktominay, Politano (Elmas, 82), Neres (Lang, 81)
«Inter»: Zommer, Açerbi, Bastoni, Akanji, Hoqon Çalxonöğli (Suçiç, 73), Mxitaryan (Zelinski, 32), Barella (Frattezi, 73), Dimarko, Dyumfris (Luis Enrike, 73), Martines, Bonni (Espozito, 62)
Ogohlantirişlar: Di Lorenso, 43. Gilmor, 45 – Bastoni, 77

Çempionlar ligasida PSVdan uçralgan şarmandali mağlubiyatdan (2:6) keyin «Napoli» öz muxlislari qarşisida aybini yuvdi va «Milan»ning «Piza» bilan öyinda oçko yöqotişidan (2:2) foydalangan holda birinçi öringa qaytdi. Ammo Antonio Konte şogirdlariga oson keçmadi. Birinçi bölimda Vanya Milinkoviç-Saviç Lautaro Martinesning xavfli zarbasini qaytarişiga töğri keldi, neradzurrilar himoyaçilari Bastoni va Dyumfris esa navbati bilan darvoza ustunlarini nişonga olişdi. Barçasini Mxitaryan öz jamoasi jarima maydonida işlatgan fol özgartirib yubordi, bu vaziyatda armanistonlik yarimhimoyaçi jarohat olib maydonni tark etdi, De Bryuyne esa penaltini aniq ijro etib, hisobn oçdi. Qiziq tomoni, belgiyalik yarimhimoyaçining özi ham zarba beriş vaqtida jarohat oldi va öyinni davom ettira olmadi.

Öyinning ikkinçi bölimi neapolitanliklar ssenariysi ostida keçdi. Spinatssola 54-daqiqada raqib himoyaçilari ortida qolib ketgan katta zonaga töp yetkazib berdi, markaziy hujumçi pozitsiyasida paydo bölgan Maktominayda töpni öziga böysundiriş va olis burçak tomon aniq zarba beriş uçun yetarliça köp vaqt böldi. Bir neça daqiqa ötib Hoqon Çalxonöğli ham penaltidan gol urib hisobni tenglaştirdi, ammo köp ötmay Zambo-Angissa öyin taqdirini hal qilgan golni urdi. «Inter»ning barça turnirlar doirasida yetti ğalabadan iborat seriyasiga barham berildi, Konte esa Italiya çempionatining özida uçinçi jamoa bilan oçko töplaş böyiça 100 talik dovonni zabt etdi. Neapolda uşbu murabbiy 46 öyinda bu natijaga erişdi, bu «Inter»dagidan (47) tezroq, ammo «Yuventus»da (44) bundan tezroq bölgandi.

Germaniya: Myunxenning yangi qahramoni va Dortmundning xarakteri

«Borussiya» M – «Bavariya» 0:3
Gollar: Kimmix, 64 (0:1). Rafael Gerreyru, 69 (0:2). Karl, 81 (0:3)
Aniq ijro etilmagan penalti: Şteger, 75’
«Borussiya» M: Nikolas, Diks, Elvedi, Nets (Ulrix, 76), Kastrop, Engelhardt, Zander, Şteger (Reyna, 84), Rayts (Fraulo, 84), Onora (Skalli, 75), Tabakoviç (Matino, 63)
«Bavariya»: Urbig, Upamekano (Rafael Gerreyru, 46), Kim Min Je, Bişof (Stanişiç, 82), Boe (Laymer, 46), Kimmix, Goretska, Keyn, Dias (Karl, 76), Olise, Jyekson (Gnabri, 59)
Ogohlantirişlar: Upamekano, 28. Dias, 38. Bişof, 74
Çetlatiş: Kastrop, 19

Menxengladbaxdagi öyin yöllardagi tirbandliklar tufayli keçikiş bilan boşlandi va bu «Bavariya»ni ritmdan çiqarib yubordi. Dastlabki hujumda yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalana olmagan (Dias aniq zarba bera olmadi) myunxenliklar ançagaça mezbonlar himoyasini yorib öta olmadi, holbuki raqib safida 19-daqiqadayoq Kastrop qizil kartoçka olgan va mehmonlar bir kişi köp bölib öynay boşlagandi. Şu kuni Keyn mavsum boşidan buyon ilk bor maydonni golli harakatsiz tark etişga majbur böldi. Şunga qaramay, amaldagi çempionlar Bundesliganing sönggi örindagi jamoasini taslim qilişga erişdi, 64-daqiqada jarima maydoni markazida Gnabrining uzatmasini qabul qilib olgan Kimmix zarba berdi, uning dastlabki zarbasini himoyaçi tösgandi, ammo ikkinçi uriniş muvaffaqiyatli çiqdi. Bir neça daqiqa ötib zaxiradan öyinga qöşilgan Rafael Gerreyra hisobdagi ustunlikni mustahkamladi, mezbonlarga esa VAR aralaşuvidan keyin belgilangan penalti ham yordam bermadi – Şteger darvozabonni alday olgan bölsa-da, töp darvoza ustuniga bordi. Hafta örtasida EÇLda muxlislarni öziga maftun etgan 17 yoşli Karl bu safar ham özini körsatdi, uning uzoq masofadan bergan ajoyib zarbasi amalda öyin taqdirini hal qildi. «Bavariya» bu natijadan keyin «Milan»ning 1992 yilgi rekordini yangilab, top-5 ligalar tarixida mavsumni 13 ğalaba bilan boşlagan ilk jamoaga aylandi.

«Borussiya» D – «Kyoln» 1:0
Gol: Bayyer, 90+6 (1:0)
«Borussiya» D: Kobel, Şlotterbek, Bensebaini, Anton, Nmeça (Bellinghem, 85), Gros (Zabitser, 68), Svensson (Brandt, 85), Ryuerson, Çukvuemeka (Bayyer, 68), Adeyyemi (Silva, 79), Girassi
«Kyoln»: Şvebe, Martel, Jyenk Özkajar (Xayns, 56), Xyubers, Xuseynbaşiç (Şmid, 72), Yoxannesson (Axe, 72), Lunn, Sebulonsen, El Mala (Mayna, 72), Kaminski, Byulter (Kraus, 46)
Ogohlantirişlar: Girassi, 63. Bayyer, 90 – Yoxannesson, 44. Sebulonsen, 45

Şanba kunining eng dramatik bahsi Dortmundda bölib ötdi, bu yerda «Borussiya» «Kyoln»ni öyinga qöşib berilgan oltinçi daqiqadagina taslim eta oldi. Holbuki bungaça «asalarilar»da gol uriş uçun yetarliça vaziyatlar bölgandi, ammo mehmonlar darvozasidagi Şvebe sehrgar rejimini yoqib olgandi. Ammo hal qiluvçi daqiqada Bayyerning zarbasidan keyin töp rikoşet orqali darvoza töriga borib tuşdi. Endi Niko Kovaç şogirdlari kamida «Bayyer» va «Ştutgart»ning yakşanba kuni bölib ötadigan özaro öyini yakuniga qadar uçinçi örinda qoladi.