Kun.uz tanişgan sud qaroriga köra, voqea 2026-yil 5-noyabr kuni HY-552 reysi bilan amalga oşirilgan «Kuala-Lumpur - Toşkent» parvozi vaqtida yuz bergan. Rossiya fuqarosi V.K. samolyot bortida mast holda baqir-çaqir qilib, yölovçilarning tinçligini buzgan. U bort kuzatuvçisiga qöpol muomalada bölib, haqorat qilgan. Şuningdek, boşqa yölovçilar va bort kuzatuvçilarga nisbatan ham haqoratli sözlar işlatgan.
Sudda körsatma bergan bort kuzatuvçilar va yölovçilar V.K. mast holda janjal kötargani, uni tinçlantirişga qilingan urinişlarga qaramay, öz harakatlarini davom ettirganini tasdiqlagan.
Samolyot Toşkent xalqaro aeroportiga qönganidan keyin içki işlar xodimlari undan samolyotdan tinç holda tuşişni va holat yuzasidan tuşuntiriş beriş uçun maʼmuriy binoga borişni talab qilgan. Biroq V.K. xodimlarning qonuniy talablariga böysunmagan, haqoratli sözlar işlatişda davom etgan. U öziga tegişli qöl yukini samolyot trapidan yerga uloqtirib, tepgan.
Sud majlisida V.K. aybiga iqror bölgan. Uning aytişiça, parvoz vaqtida bort kuzatuvçisidan spirtli içimlik berişni söragan, ammo mastligi sababli rad javobini olgan. Şundan keyin ular örtasida tortişuv kelib çiqqan. V.K. jahl ustida qöl yukini samolyotdan uloqtirganini tan olib, qilmişidan puşaymonligini bildirgan.
6-noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Sergeli tuman sudi V.K.ni Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddasi 1-qismi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) böyiça aybdor deb topdi.
Sud qarori bilan unga 183-modda böyiça 7 sutka maʼmuriy qamoq, 194-modda 1-qismi böyiça esa 440 ming söm jarima tayinlandi. Jazolarni qöşiş natijasida uzil-kesil 7 sutka maʼmuriy qamoq belgilandi.











