Özbekiston Norvegiyaga qaraşli Şpitsbergen arxipelagida joylaşgan Butunjahon uruğ omboriga 20 dan ortiq qişloq xöjaligi ekinlari, xususan, tarvuz, qovun, baqlajon uruğlarini topşirdi. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, «Qiyomat kuni ombori» deb ham ataladigan obektga özbek dehqonçiligining bebaho merosi bölgan uruğlik namunalari yuborilgan. Töplamga qovun, tarvuz, pomidor, qalampir, baqlajon, sabzi, piyoz va boşqa 20 dan ortiq mahalliy navlar kiritilgan. Buğdoyning «Qayroqtoş» navi alohida ahamiyatga ega, deya ta’kidlaydi ekspertlar.

Materiallarni dunyodagi eng yirik va xavfsiz uruğlik omboriga yetkazib beriş taşabbusi Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi, Ösimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti, BMT Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) va Şimoliy genetik resurslar markazi (NordGen) hamkorligida amalga oşirildi.

Qayd etilişiça, bu jarayon respublikaning qişloq xöjaligi ekinlarining genetik xilma-xilligini saqlaş, milliy genofondni mustahkamlaş va xalqaro oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş borasidagi sa’y-harakatlarida muhim bosqiç böldi.

Özbekiston global uruğ fond zaxiralarini töldirgan Markaziy Osiyodagi birinçi davlat emas. Masalan, 2024 yil mart oyida Qozoğiston olimlari omborga beda, suli va boşqa yovvoyi ösimliklar uruğini topşirgan edi.

Şpitsbergendagi Butunjahon uruğ ombori (Qiyomat kuni ombori) Arktika abadiy muzlik zonasida joylaşgan bölib, Tselsiy böyiça 18 daraja sovuqdagi doimiy haroratda işlaydigan global gen bankidir.

Hozir bu yerda butun dunyodan 1,1 milliondan ortiq uruğ namunasi saqlanmoqda. Ta’kidlanişiça, bunday tizim tabiiy ofatlar, mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnik nosozliklar tufayli ösimlik turlarining yöqoliş xavfini kamaytiradi. Ombor Norvegiya hukumati, şuningdek, Crop Trust va NordGen taşkilotlari örtasidagi uç tomonlama kelişuv asosida boşqariladi.