Rossiya prezidenti Vladimir Putin 4 noyabr kuni fuqarolarni bir yilning butun kalendar davri — 1 yanvardan 31 dekabrgaça — harbiy xizmatga çaqirişga ruxsat beradigan qonunni imzoladi. 2026 yil 1 yanvardan boşlab harbiy bölim (voyenkomat)lar har kuni çaqiruv yozuvlarini yuborişi, çaqiriluvçilarni tibbiy körikdan ötkazişi va çaqiruv komissiyasi majlislarini ötkazişi mumkin böladi.
Bundan taşqari, davlat reyestriga elektron çaqiruv yuklangan kundan e’tiboran harbiy bölimga keliş sanasi 30 kundan oşmasligi kerak. Hozirça elektron çaqiruvlarning amal qiliş muddati çeklanmagan. Xizmat ötaş joyiga jönatiş esa avvalgidek yiliga ikki mavsumda amalga oşiriladi: 1 apreldan 15 iyulgaça va 1 oktyabrdan 31 dekabrgaça.
Putin şu kuni imzolagan ikkinçi qonun zaxiradagilarni tinç vaqtda ham safarbar qilişga imkon beradi. U Rossiya fuqarolariga — «ixtiyoriy ravişda zaxirada böliş töğrisida şartnoma tuzgan» şaxslarga taalluqli. Hujjatga muvofiq, RF Mudofaa vazirligi zaxiradagilarni «muhim ahamiyatga ega obektlar va boşqa hayotiy infratuzilmalarni himoya qilişni ta’minlaş» uçun qöşimça («maxsus») yiğinlarga yönaltirişi mumkin.
RF Davlat dumasi 28 oktyabr kuni armiyaga yil böyi çaqiruv töğrisidagi qonun loyihasini uçinçi, yakuniy öqişda ma’qullagan. Şundan söng Yaroslavl va Tyumen viloyatlarida RF Mudofaa vazirligi zaxirasiga qabul e’lon qilindi.
Elektron çaqiruv davlat reyestrida joylaştirilganidan keyin çaqiriluvçi 30 kun içida harbiy bölimga kelişi şartligi haqidagi tuzatiş loyihaga ikkinçi öqişga tayyorgarlik paytida kiritilgan. Qonunga izoh xatida qayd etilişiça, u çaqiruv punktlari yukini «teng taqsimlaş» va fuqarolarni harbiy xizmatga çaqiriş sifatini «oşiriş»ga qaratilgan.
Ukrainadagi uruş boşlanganidan keyin Rossiyada armiyaga çaqiruv qoidalari bosqiçma-bosqiç qat’iylaştirilmoqda: xususan, yagona harbiy xizmatga majbur şaxslar reyestri yaratildi va elektron çaqiruvlar joriy etildi.












