Oryol viloyati 5 noyabr kuni tongida ukrain uçuvçisiz apparatlari hujumiga uçradi, deb xabar berdi mazkur Rossiya mintaqasi gubernatori Andrey Kliçkov.
Uning aytişiça, dronlar parçalari tuşişi natijasida “bir neçta xususiy uylar va xöjalik inşooti” zarar kördi. Jabrlanuvçilar haqida ma’lumot yöq, deb qöşimça qildi Kliçkov.
Astra Telegram-kanali mahalliy aholi tomonidan olingan foto va videolarni e’lon qildi. Videoda taxminiy portlaşning kuçli tovuşi eşitiladi. Jurnalistlar qayd etişiça, video tasvirga olingan joy Oryol IEMdan bir yarim kilometrça uzoqlikda joylaşgan.
31 oktyabr kuni Oryoldagi issiqlik elektr markazi hujumga uçragan, öşanda uskunalar şikastlangan va elektr ta’minoti uzilgani haqida hokimiyat xabar qilgan edi.
Xuddi şu keçasi Vladimir viloyati ham dronlar hujumiga uçradi, deb ma’lum qildi hudud gubernatori Aleksandr Avdeyev. «Vladimir şahri atrofida energetika infratuzilmasi dronlar hujumiga uçradi», — deb yozdi u. Uning sözlariga köra, hodisa joyida mutaxassislar işlamoqda, oqibatlarni bartaraf etiş işlari tong otişi bilan boşlanadi.
Ukrainaning Exilenova+ monitoring loyihasi ma’lumotiga köra, bu yerda elektr podstansiyasi hujumga uçragan.













