Yevropa komissiyasi Belgradni Serbiyaning YeIga qöşilişi jarayoni doirasida RF fuqarolari uçun vizaviy siyosatni qat’iylaştirib, uni YeI talabi bilan muvofiqlaştirişga çaqirdi. 4 noyabr kuni e’lon qilingan 2025 yilga doir Serbiya böyiça hisobotda qayd etilişiça, Serbiyaning vizaviy siyosati YeIning qaysi uçinçi mamlakatlar fuqarolariga kiriş vizasi talab etilişi belgilab qöyilgan röyxatiga faqat qisman mos keladi.
Bryussel fikriça, rossiyaliklarga Serbiya fuqaroligini beriş amaliyoti va şu orqali ularning YeIga vizasiz kiriş huquqiga ega bölişi YeI xavfsizligi uçun potensial xatarlar tuğdiradi. Şu bilan birga, Rossiya fuqarolariga pasport berişni çeklaş talabi yangi a’zolarni qabul qilişga oid YeIning siyosatini belgilaydigan Kengaytiriş çora-tadbirlar paketiga kiritilgan.
Bryussel Serbiyaning Rossiyaga qarşi YeI sanksiyalariga qöşilmaganini qayd etdi. Belgrad YeI Kengaşining ayrim qarorlarini, jumladan Rossiya harakatlarini qoralovçi bayonotlarni qisman qöllab-quvvatlagan, biroq “Moskva bilan yuqori darajadagi aloqalarni saqlab qolgan va Ğarbga qarşi propaganda unsurlari mavjud ritorikani davom ettirgan”, deya ma’lum qildi Yevropa komissiyasi.
Yevropa Ittifoqida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiçning Rossiya rahbariyati bilan “aloqalar”i ham e’tiborga olindi. Xususan, Bryussel uning 9 may kuni Moskvadagi paradda iştirok etgani va RF prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkazganini eslatdi.
YeIning kengaytiriş böyiça komissari Marta Kosning ta’kidlaşiça, köplab boşqa nomzod davlatlardan farqli ölaroq, Serbiya islohotlar va demokratlaşuv jarayonini sekinlaştirgan. Şuningdek, serb parlamenti samaradorligi “kamdan-kam yiğilişlar” va “haqiqiy siyosiy muhokamalarning yöqligi” sabab pasaygani qayd etildi.
Xuddi şu kuni YeIga a’zo bölişga nomzod boşqa davlatlar böyiça ham şunga öxşaş hisobotlar e’lon qilindi.












