AQŞ prezidenti Donald Tramp bunday raketalarni Kiyevga yuboriş niyati yöqligini bildirganiga qaramay, Ukraina Tomahawk va boşqa uzoq masofali qurollarni xarid qiliş böyiça “ijobiy” muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda 6 noyabr kuni Ukraina elçisi Olga Stefanişina Bloomberg TV’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Muzokaralar hamon davom etyapti, bizda AQŞdan köproq harbiy texnika sotib oliş uçun mavjud moliyaviy resurslarni köpaytirişga intiluvçi bir qator delegatsiyalar işlayapti”, — dedi Stefanişina Balance of Power dasturi efirida.
Uning qayd etişiça, gap faqat Tomahawk haqida emas, balki “turli darajadagi — ham uzoq, ham qisqa masofali boşqa turdagi raketalar haqida ham bormoqda”. “Ayta oladiganim şuki, muzokaralar juda ijobiy ötyapti”, — deya qöşimça qildi u.
Avval Yevropa va yevroatlantik integratsiya masalalari bilan şuğullangan Stefanişina Vaşingtonga elçi etib ikki oydan biroz avval tayinlangan. Uning asosiy vazifalaridan biri — AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan munosabatlardagi taranglikni yumşatiş böldi. Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni bir neça bor tanqid qilgan va bir paytlar uni “diktator” deb atagan.
Zelenskiy 2025 yil boşida Oval ofisdagi omadsiz uçraşuvdan söng munosabatlarni yaxşilay oldi — öşanda Tramp va vitse-prezident Jyey Di Vens uni keskin tanqid qilgan edi. Oktyabrda esa AQŞ prezidenti Moskvaga nisbatan norozilik ortib borayotganini körsatib, “Rosneft” va “Lukoyl”ga sanksiyalar joriy qildi va Rosciyani “tinçlik jarayoniga jiddiy qiziqiş bildirmayotganlik”da aybladi.
Bloomberg ta’kidlaşiça, Kiyevning yangi ustuvor yönalişi — Tomahawk va boşqa uzoq masofali tizimlarni qölga kiritiş bölib, ular Rossiya hududidagi nişonlarga zarba yöllaş imkonini berişi mumkin. Biroq Tramp Tomahawk faqat AQŞ harbiylari qöllaganda samarali bölişini, Vaşington esa ularni jalb qilmoqçi emasligini aytgan.
Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga qaratilgan hujumlari davom etayotgani haqidagi savolga javob berib, Stefanişina buni “Ukraina uçun juda oğir davr” deb atadi.
“Biz Ukraina havo mudofaa tizimlarini kuçaytiriş ustida qat’iy işlayapmiz, — dedi u. — Bu qişni ham, keyingi qişni ham boşdan keçirişga qodirmiz, ammo bu şunday davom etişi kerak degani emas”. Uning aytişiça, Rossiyaga nisbatan har qanday harakatsizlik “uning imkoniyatlarini yanada kengaytiriş uçun ‘yaşil çiroq’ sifatida qabul qilinadi”.












