Vologda viloyatida mahalliy rasmiylar ma’lumotiga köra, örnatilgan quvvati 3 gigavolt-amper bölgan “Belozerskaya” podstansiyasiga hujum qilingan. U hududdagi eng yirik ta’minot markazi hisoblanadi va Vologda, Çerepovets hamda yaqindagi sanoat korxonalarini elektr bilan ta’minlaydi.

Volgograd viloyatida hujum nişoni 1523 megavolt-amper quvvatga ega “Balaşovskaya LEP” podstansiyasi böldi. U Voljskaya GESdan Rossiyaning markaziy mintaqalariga elektr energiyasini uzatişni ta’minlaydi va rasmiylarga köra, oxirgi bir oy içida ikkinçi marta hujumga uçradi.

“Quriliş-ta’mirlaş xizmatlari ‘Balaşovskaya LEP’ podstansiyasiga tutaş aholi punktlarida — Kikvidzen, Uryupin, Novonikolayev va Novoannin tumanlarida elektr ta’minotini tiklamoqda”, — deb yozdi Volgograd viloyati gubernatori Andrey Boçarov Telegram’da.

Sönggi haftalarda Ukraina energetika obektlariga Rossiyaning dronlar va raketalar bilan amalga oşirayotgan uzluksiz hujumlariga javoban, RF hududidagi energetik infratuzilmaga zarbalarni kuçaytirdi. Bu Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ukrain raketalaridan foydalanib hujumlar geografiyasini kengaytiriş niyati haqidagi bayonotidan keyinga töğri keldi. Biroq, sönggi hujumlarda raketalar işlatilgan-işlatilmagani noma’lum.

Saratov şahrida, gubernator Roman Busargin ma’lumotiga köra, dron hujumi oqibatida köp qavatli uy va bir neçta avtomobil zarar körgan. Ikki kişi örta darajada jarohat olgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ertalab mamlakatning yetti mintaqasi ustida 82 ta ukrain droni tutib olinganini xabar qildi. Vologda viloyati uşbu mintaqalar qatorida tilga olinmadi. Neçta dron nişonga urilgani ma’lum qilinmagan.