«Vedomosti» gazetasi va «Interfaks» agentligi manbalarga tayanib xabar berişiça, Rossiya aloqa operatorlari Federal xavfsizlik xizmati (FSB)ning sörovi bölganda, «fuqarolar va davlatni xavfsizlikka oid yuzaga kelayotgan tahdidlardan himoya qiliş uçun zarur bölsa», aloqa xizmatlarini töxtatişi lozim. Xabar 10 noyabr kuni berilgan.
FSB talabi asosida xizmatni töxtatiş tartibini belgilaydigan va «Aloqa töğrisida»gi federal qonunning 44- hamda 46-moddalariga tegişli özgartişlarni kirituvçi qonun loyihasi RF Raqamli rivojlaniş vazirligi tomonidan işlab çiqilgan. Keyin uşbu hujjatni Dumaga kiritiş uçun Hukumat huzuridagi qonun loyihalari faoliyati böyiça komissiya ma’qullagani OAVda qayd etilgan.
Jurnalistlar manbalariga köra, qonun loyihasi FSBdan belgilangan tartibda (RF prezidenti va hukumatining normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq) sörov kelib tuşgan hollarda «mobil radiotelefon aloqasi xizmatlarini körsatiş töğrisidagi şartnomalardan kelib çiqadigan majburiyatlarni tegişliça bajarmaslik» uçun aloqa operatorlarini javobgarlikdan ozod qiladi. Şuningdek, «aloqa operatorlarining tegişli sörov kelganida aloqa xizmatlarini töxtatiş majburiyatini mustahkamlaş» ham taklif etilgan.
«Vedomosti»ning ta’kidlaşiça, qonun loyihasi RF Içki işlar vazirligi (IIB), FSB, Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi va Rospotrebnadzor bilan muvofiqlaştirilgan.












