Tramp Vengriyaga sanksiya ostidagi rus neftini sotib olişiga istisno tariqasida ruxsat berdi. Saudiya Arabistoni Xitoy va Hindistonga arzonlaştirilgan neft taklif qilmoqda. Jahon bozorida neftning arzonlaşişi Rossiyaning asosiy energetika daromadlarini keskin qisqartiryapti. Ayni mavzu Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida qizğin muhokama markazida böldi.

— Vengriya Rossiya neftini sotib olişda AQŞdan maxsus istisno olgani aytildi. Tramp “Rosneft” va “Lukoyl”ga e’lon qilgan sanksiyalar amalda qanday holatda?

Kamoliddin Rabbimov: Rossiya Moliya vazirligi taqdim etgan rasmiy ma’lumotlarga köra, 2025 yil oktyabr oyida neftdan olinayotgan daromad ötgan yilning şu davriga nisbatan 27 foizga kamaygan. Bundan oldingi yillarda ham tuşiş tendensiyasi mavjud edi, biroq bu safargi körsatkiç sezilarli darajada jiddiy.

Neft narxining pasayişiga esa global bozordagi ortiqça neft taklifi sabab bölmoqda. Bir qator xalqaro iqtisodiy institutlar hisob-kitobiga köra, hozirgi paytda dunyo bozorida 3-4 milliard barrel atrofida ortiqça neft mavjud. Saudiya Arabistoni ham Xitoy va Hindistonga Rossiya bilan bir xil narxda, ya’ni sanksiyalar sabab arzonlaştirilgan narxlarda (demping) neft sotişni boşladi. Bu esa Rossiyaning asosiy bozorlarida raqobatni kuçaytirdi.

Agar yaqin kelajakda Venesueladagi siyosiy vaziyat ham özgarsa, Rossiya neft va gazdan doimiy daromad oliş imkoniyatidan yanada mahrum bölişi mumkin.

Anvar Yöldoşev: Rossiyaga qarşi sanksiyalar natijasida bir qator yirik kompaniyalar, ularning şu’ba korxonalari va aktivlari işlamay qoldi, bu esa ularni sotişga majbur qilmoqda. Biroq çet el investorlariga sotiş ham çeklovlar ostida – ayrim xaridorlar (masalan, Vengriya) xarid qilişni istasa-da, uni amalga oşirişga qonuniy va siyosiy tösiqlar mavjud.

Vengriya ayniqsa Rossiya nefti va gaziga qaram, hozir mamlakat yonilği importining taxminan 80 foizi Rossiyadan keladi, qolgan 20 foizi esa AQŞning suyultirilgan gaziga (SPG) tayanadi – bu SPG uçun Vengriya yaqin 10 yil içida taxminan 600 million dollar tölaşni rejalaştirmoqda.

Bundan taşqari, Vengriyada qurilayotgan “Pakş” atom elektr stansiyasi loyihasi 12,5 milliard dollar atrofida baholanadi va AQŞ bu borada istisno qoidalarini qöllab, Vengriyaga öz şartlari asosida texnologiya yetkazişni ma’qulladi. Ya’ni ruxsat faqat muayyan talablarga rioya qilinganda berildi.

Şuhrat Rasul: Rossiya neftiga qarşi sanksiyalarni dastavval AQŞ emas, balki Yevropa Ittifoqining özi joriy qilgan edi. Jumladan, 19-sanksiyalar paketi doirasida Rossiya neftining eng yuqori çeklangan narxi 47,6 dollar deb belgilangan edi. Avvalgi 60 dollarlik narx çegarasini ham aynan Yevropa Ittifoqi belgilagan. Şu bois, agar hozir Donald Tramp Vengriyaga “istisno” tarzida ruxsat bergan bölsa ham, Yevropa Ittifoqidan baribir Vengriyaga bosim böladi. Hatto ötgan yillarda Vengriyaning ittifoqqa a’zoligining kelajagi savol ostiga olingan edi. Demak, bu masalada Vengriya nafaqat AQŞdan, balki Yevropadan ham ruxsat söraşga majbur.

Aslida, Vengriyaning Rossiya neftidagi uluşi juda kiçik va bu Rossiya iqtisodiyotiga sezilarli foyda keltirmaydi. Şunga qaramay, Tramp “uruş töxtatilsa, sanksiyalarni darhol bekor qilişni taklif qilamiz” deb aytgan. Rossiya ham şu fikrni ilgari surmoqda, ularning birinçi talabi sanksiyalarni birdaniga bekor qiliş. Ammo mutaxassislar fikriça, bu sanksiyalar olti oydan keyin amalda öz ahamiyatini yöqotadi, çunki neft bozori narxlarga sanksiyalardan ham kuçliroq bosim ötkazyapti.

Xalqaro energetika agentliklari prognozlariga köra, yaqin oylar içida neft narxi 55 dollargaça tuşişi mumkin. Şunga qaramay, Rossiya Moliya vazirligi 2026 yilgi budjetni neftning örtaça narxini 69 dollar deb hisoblab tuzmoqda. Bu esa real bozor narxlaridan ança yuqori körsatkiç. Agar narxlar prognozdagidek pasaysa, Rossiya budjeti jiddiy tanqislikka uçraydi. Bunday vaziyatda hukumat budjet xarajatlarini majburiy qisqartiriş yoki oltin zaxiralarini sotiş orqali kamomadni yopişga harakat qiladi. Çunki “Farovonlik fondi” deyarli böşab qolganini Rossiya rasmiylarining özi ham tasdiqlayapti.

Şunday qilib, kelgusi yarim yillikda Rossiya neftiga qöllangan sanksiyalar ahamiyatsiz bölib qolişi mumkin: Rossiya iqtisodiyotiga eng katta zarba siyosiy emas, balki neftning global konyunkturasi (narxlarning tuşişi) bölişi kutilyapti.

Oybek Sirojov: AQŞ tomonidan “Lukoyl” va “Rosneft” kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy etişdan bayon qilingan maqsad – Rossiyani tiz çöktiriş, uruşdagi moliyaviy manbalarini qisqartiriş edi. Biroq bugungi siyosiy amaliyot körsatmoqdaki, aslida bu sanksiyalar siyosiy bosim vositasidan köra iqtisodiy manfaat oliş mexanizmiga aylanib bormoqda. Agar maqsad haqiqatan ham Rossiyani iqtisodiy izolyatsiyaga soliş bölganida, Vengriyaga heç qanday imtiyoz berilmas edi.

Ma’lumki, yaqinda ötgan uçraşuv asosida Vengriyaga ayrim istisnolar tan olindi. Buning evaziga esa Budapeşt zimmasiga muayyan majburiyatlar yuklandi – masalan, qimmat bölişiga qaramay, AQŞda işlab çiqarilgan 600 mln dollarlik suyultirilgan gazni xarid qiliş şarti qöyildi. Vengriyadagi kabi, Rossiya neftiga yuqori boğliqlik Bolgariyada ham bor, şunday ekan, ehtimol ertaga Bolgariyaga ham Vengriya singari çeklangan imtiyozlar berilişi mumkin. Bu holatlar şuni körsatadiki, AQŞning maqsadi Rossiyani tiz çöktiriş emas, balki mavjud vaziyatdan maksimal iqtisodiy va geosiyosiy foyda olişdir.

Ikkinçi masala – Yevropaning pozitsiyasi. Yevropa Ittifoqi Rossiyaga energiya resurslari uçun tölayotgan mablağ miqdori ittifoq tomonidan Ukrainaga berilgan yordam hajmidan köproq. Bu esa Yevropa siyosatida ma’lum populizm borligini körsatadi: taşqaridan Rossiyaga qarşi keskin bayonotlar berilmoqda, ammo amalda neft va gaz importi davom etmoqda.

Uçinçi masala – neft narxining global pasayiş tendensiyasi. Bu jarayon, bir tomondan, Rossiya uçun iqtisodiy inqiroz xavfini kuçaytirsa, boşqa tomondan Xitoy uçun arzon energiya resurslariga ega böliş imkonini yaratadi. Şu sababli AQŞ oldida yangi geosiyosiy dilemma yuzaga keladi: Rossiyani yanada kuçsizlantiriş mumkin, lekin buning hisobiga Xitoyning iqtisodiy salohiyati oşadi. Demak Vaşington endi bu ikki yönaliş örtasida muvozanat izlayapti.

Bugungi kunda AQŞ siyosatining asosiy yönalişi Rossiyadan Xitoyga qarab oğmoqda. Şu bois AQŞ neft narxining keskin tuşib ketişiga ham yöl qöymaydi – bu nafaqat Rossiya, balki özining ham neft sanoatiga zarar yetkazadi. Çunki AQŞda qazib olinayotgan neft tannarxi yuqori.

Suhbatni batafsil YouTube platformasida tomoşa qilişingiz mumkin.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.