13-noyabr, jumaga ötar keçasi Rossiyaning Volgograd viloyati Ukraina uçuvçisiz uçiş apparatlarining ommaviy hujumiga uçradi. Bu haqda viloyat gubernatori Andrey Boçarov maʼlum qildi.

«Uçuvçisiz uçiş apparatlari parçalari qulaşi oqibatida Volgogradning janubiy sanoat zonasidagi korxonada, şuningdek, unga tutaş hududda mahalliy yonğin öçoqlari qayd etildi», - deya gubernatorning sözlarini keltirgan Volgograd viloyati maʼmuriyati matbuot xizmati.

Boçarov hujumga uçragan obyektlarning nomini aniqlaştirmagan. Uning bildirişiça, hozirça jabrlanganlar yöq, turar joy binolariga ham zarar yetmagan.

OSINT tahlillari «Lukoyl» neft zavodida yonğin çiqqanini körsatmoqda

Ayni paytda Ukrainadagi vaziyatni kuzatib boruvçi Exilenova+ Telegram-kanali hujum Volgograd neftni qayta işlaş zavodiga - «LUKOYL-Volgogradneftepererabotka» korxonasiga qaratilganini xabar qildi.

Kanal zavoddagi yonğin aks etgani aytilayotgan videoni ham eʼlon qilgan. Uning xabarlaridan birida Volgograd neftni qayta işlaş zavodi «öz faoliyatini töxtatişga majbur bölgani» taʼkidlangan.

Astra Telegram-kanali mualliflari ham oçiq manbalar asosidagi razvedka (OSINT) tahliliga tayanib, zarba aynan Volgograd neftni qayta işlaş zavodiga berilgan, degan xulosaga kelgan.

«Şahar aholisi köplab portlaşlar sodir bölgani va mobil öt oçiş guruhlari harakat qilgani haqida xabar berdi», - deyiladi kanal xabarida.

Zavod avval ham dronlar hujumidan keyin faoliyatini töxtatgan

Volgograd neftni qayta işlaş zavodi «Lukoyl» kompaniyasi tarkibiga kiradi. Yiliga qariyb 14 million tonna neftni qayta işlaş quvvatiga ega korxona Rossiya janubidagi eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biri hisoblanadi.

Astra eslatişiça, zavodda benzin, dizel va aviatsiya yonilğisi, mazut, neft koksi, bitum hamda bazaviy moylar işlab çiqariladi. Korxona Rossiyaning janubiy hududlarini neft mahsulotlari bilan taʼminlaydi.

Mazkur zavod avval ham bir neça bor Ukraina dronlari hujumiga uçragan.

Sönggi şunday hujum 2-oktabrda sodir bölgan. Şundan keyin Reuters agentligi sohadagi ikki manbasiga tayanib, dronlar zarbasi oqibatida uskunalar şikastlangani sababli «Volgogradneftepererabotka» zavodi xomaşyoni qayta işlaşni vaqtinça töxtatganini xabar qilgan edi.