Turkiyada «stavka işi» avj olmoqda – mahalliy futbol federatsiyasi (TFF) 1000 dan ortiq futbolçini totalizator öynagani uçun çetlaştirgan. Bunday futbolçilar barça divizionlarda topiladi, ammo eng köp Ikkinçi va Uçinçi ligalar jabrlangan – bu ligalarda tom ma’noda maydonga tuşiriş uçun futbolçi qolmagan.
Rejadan taşqari transfer oynasi
TFF bayonotida aytilişiça, 1024 nafar futbolçi «stavka işi» tufayli intizomiy javobgarlikka tortilgan. Betting bilan şuğullangan futbolçilar eng köp Uçinçi ligada aniqlangan – jami 629 kişi, Ikkinçi ligada esa 282 nafar qoidabuzar qölga tuşgan.
Birinçi ligada esa 77 nafar futbolçi öyinlar natijalariga pul tikib kelişi ma’lum bölgan, Turkiya futbolidagi eng yuqori divizion hisoblangan Superligada esa bunday futbolçilar soni 27 nafar – ular orasida «Galatasaroy», «Beşiktoş» va «Trabzonspor» kabi nomdor klublardan ikki nafardan futbolçi bor.

Evren Elmali: ötgan mavsum avvalida «Trabzonspor»dan «Galatasaroy»ga ötgan va mamlakat çempioni bölgan. U ötgan mavsum davomida öyinini kuçaytirib borgan va hozirda jamoa uçun muhim futbolçilardan biriga aylangan. Vinger pozitsiyasida ham öynay oladigan bu himoyaçi joriy mavsumdagi barça 11 turda iştirok etdi hamda 3 ta golga mualliflik qildi. Bundan taşqari, u Turkiya milliy jamoasiga nomzod futbolçi sanaladi, u 2022 yildan buyon asosiy jamoa safida 16 öyinda maydonga tuşgan.

U totalizator öynaşini tan olgan, ammo özi iştirok etgan öyinlar uçun pul tikmaganini alohida ta’kidlagan. Endi u uç oydan bir yilgaça diskvalifikatsiya qilindi. Şuningdek, JÇ-2026 saralaşida muhim öyinlar arafasida turgan Turkiya milliy jamoasi safidan çetlatilgan.
Metexon Boltaçi: «Galatasaroy» akademiyasining yoş tarbiyalanuvçisi, juda kam maydonga tuşadi. U ham öyinlar natijalariga stavka qöyişini tan olgan.
Ersin Destanöğli: u beş yil oldin «Beşiktoş»ning asosiy darvozaboni edi, keyin esa raqobatni Mert Gyunokka boy berdi, ammo sönggi vaqtlarda asosiy darvozabon va yangi murabbiylar ştabi örtasida ziddiyat kelib çiqqaç, yana darvozaga qaytgandi.

Ersin iqror bölmagan. Sudga kelgan va uning pasport ma’lumotlari jinoyatçilar qöliga tuşib qolganini aytgan. Göyoki ular uning nomidan akkaunt oçib, stavka qilişgan. Bu versiyani futbolçining himoyasi ilgari surmoqda.
Najib Uysal: «Beşiktoş»ning uzoq yillik sardori, tirik afsona. U sönggi yillarda jarohatlar tufayli köp öynamayapti. Şu bilan birga, Uysal doimo hurmatga sazovor va halol futbolçilar timsoli bölib kelgan, uning faoliyatida heç qanday noxuş sahifa bölmagan. U ham aybini tan olmayapti.

Uning versiyasi: heç qaçon öynamagan, uning ham pasport ma’lumotlari öğirlangan. Muhim qöşimça: uning ma’lumotlari asosida tuzilgan akkaunt futbolçiga aloqador bölmagan telefon raqamiga boğlangan».
«Trabzonspor»dagi Boran Buzruk va Solih Malkoçöğli asosiy tarkib futbolçilari emas.
Ayni vaqtda mingdan oşiq bu futbolçilarga rasman faqat ayblov e’lon qilingan. Ya’ni, nazariy jihatdan ular maydonga tuşişda davom etişi mumkin, ammo ayrim klublar allaqaçon bu futbolçilar tarkibdan çetlatilganini ma’lum qildi. Masalan, «Beşiktoş» röyxatda nomi çiqqan futbolçilari öynamasligini tasdiqladi. Turkiyada futbolçilar faqat Professional futbol böyiça intizom kengaşi tomonidan çetlatilişi mumkin. Federatsiya işni aynan uşbu idoraga ötkazgan.
1000 dan ortiq futbolçining çetlatilişi quyi ligalarga oğriqli ta’sir körsatdi – ba’zi klublarda maydonga tuşadigan odam qolmagan, çunki ba’zi jamoalarda birdaniga 17–18 kişi gumondorga aylangan.
Şu munosabat bilan TFF Ikkinçi va Uçinçi liga taqvimida ikki haftalik tanaffus e’lon qilgan, şuningdek, FIFAdan qöşimça transfer oynasi oçib berişni söragan. Rahbariyat klublar vaziyatni önglaş imkoniga ega bölişi uçun 14 kun davomida içki transferlarga ruxsat berilişini söramoqda.
TFF prezidenti Ibrohim Hojiusmonöğli yuzaga kelgan vaziyatni «turk futbolining ma’naviy inqirozi» deb atagan.
149 nafar hakam çetlatilgan

Futbolçilar çetlatilişi federatsiya rahbariyati oktyabr oyi oxirida boşlagan «stavka işi»ning davomi böldi. Öşanda TFF tekşiruvi doirasida 571 nafar professional arbitrlardan 371 nafari betting-kontoralarda akkauntlarga egaligi, şundan 152 nafari faol öyinçilar ekani ma’lum bölgandi. Referilardan biri 18 ming martadan ortiq stavka qöygan.
Yakunda 149 kişi 8 oydan 12 oygaça bölgan muddatga çetlatildi. Şu bilan birga, nomlar oşkor etilmagan, kimga qanday jazo berilgani oçiqlanmagan.
Hojiusmonöğli öşandayoq bunday tekşiruv futbolçilarga nisbatan ham olib borilişini ma’lum qilgandi – prezidentning sözlariga köra, betting-kontoralarda qariyb 4 ming futbolçida akkaunt borligi aniqlangan. «Raqamlarni körganimda qayğuga tuşdim. Biz ön beş nafar hakam bölişini kutgandik, amalda esa – 350 dan ortiq kişi çiqdi. Endi esa 3700 futbolçi tekşirilmoqda. Röyxatdan ötganlik uçun jazo yöq – odamlar şunçaki öyinlarni kuzatib borişi mumkin. Ammo faollik bilan stavka qöyiş – bu endi jinoyat. Biz işlaşda davom etamiz», – deya aniqlik kiritgandi TFF prezidenti.
Aftidan, öşa tekşiruvlar yakunlanib, qoidabuzarlar aniqlangan. Endi intizomiy kengaş qarorini kutiş kerak böladi – bu har qanaqasiga Turkiya uçun tarixiy qaror böladi.












