Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlarni toifaga ajratiş mezonlari, ularning moliyaviy hisoboti va auditiga qöyiladigan talablar hamda reyestrni şakllantiriş va yuritiş tartibi töğrisidagi nizom loyihasini e’lon qildi.
Nizomga köra:
- jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlar toifasiga kiritiş mezonlari belgilab qöyiladi;
- bunday taşkilotlar 2026 yil 1 yanvardan boşlab bosqiçma-bosqiç Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida buxgalteriya hisobi yuritadi va moliyaviy hisobot tuzadi;
- jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlarning yillik moliyaviy hisoboti tegişli tartibda auditorlik taşkilotlari tomonidan tekşiriladi va auditning xalqaro standartlariga muvofiq auditorlik xulosasi rasmiylaştiriladi;
- jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlar reyestri maxsus vakolatli davlat organi tomonidan elektron şaklda yuritiladi hamda har yili Hukumat portali yagona platformasi va Oçiq ma’lumotlar portaliga joylaştiriladi.
Şuningdek, Nizomda jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlar tomonidan:
- moliyaviy hisobotlar va konsolidatsiyalaşgan moliyaviy hisobotni,
- auditorlik xulosalarini
- oraliq elektron platformalar orqali oşkor qilib boriş majburiyati nazarda tutilgan.
Qayd etilişiça, moliyaviy hisobot va auditorlik xulosalarini öz vaqtida taqdim etmaslik yoki oşkor qilmaslik qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab böladi.











