Özbekistonning Yekaterinburg şahridagi Boş konsulxonasi hamda uşbu şahardagi Migratsiya agentligi vakolatxonasi taşabbusi bilan mahalliy kompaniya vakillari bilan uçraşuvlar taşkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Dastlab, Rossiya Federatsiyasi hududida neft-gaz, elektr energiyasi, sanoat va quriliş yönalişlarida 90 dan ortiq loyihalarni amalga oşirayotgan “Yevrakor” AJ vakili Olga Sevets bilan suhbat bölib ötdi. Uçraşuvda özbekistonlik fuqarolarni kompaniyada taşkillaştirilgan tartibda işga joylaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida “Yevrakor” AJdagi iş jarayonlari, yaratilgan mehnat va yaşaş şaroitlari, oylik maoşlar, xorijiy fuqarolar uçun turar joy bilan ta’minlaş tartibi, şuningdek, vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun zarur hujjatlar töplami haqida ma’lumot berildi.
Olga Sevets ta’kidlaşiça, iş beruvçi bilan şartnoma imzolangan taqdirda işçilar bepul turar joy va oziq-ovqat, şuningdek, kafolatlangan oylik maoş bilan ta’minlanadi. Şu bilan birga, işçi kuçini tanlaş va jalb qiliş, patent rasmiylaştiriş, xodimlarni iş joyiga yetkazib beriş kabi masalalar böyiça ham aniq takliflar bildirildi.
Şuningdek, Tyumen şahrida salat va rukkola qayta işlaşga ixtisoslaşgan “Provans” MÇJ direktori Tatyana Ovsyankina bilan ham uçraşuv ötkazildi. Tomonlar fuqarolarni uşbu korxonada işga joylaştiriş, şuningdek, Özbekistonda yetiştirilayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportini oşiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Uçraşuvda qayd etilişiça, kompaniya hozirda Özbekistonda yetiştirilayotgan rukkola va aysberg salatini import qilmoqda. Mahalliy bozorda uşbu mahsulotlarga talab yuqori ekani sababli, “Provans” MÇJ oyiga 200 tonna aysberg va 40 tonna rukkola xarid qilişni rejalaştirmoqda. Şundan kelib çiqib, kompaniya rahbari özbek fermerlari va eksportçi korxonalar bilan töğridan töğri hamkorlik örnatişda amaliy yordam söradi.
Muloqot çoğida Özbekiston tomoni xorijga işçi kuçini yuboriş böyiça respublikaning har bir hududida zamonaviy mono-markazlar faoliyat yuritayotganini ma’lum qildi. Uşbu markazlar orqali iş beruvçilar bilan töğridan töğri işlaş, kadrlar tanlovi va öqitiş jarayonlarini samarali taşkil etiş mumkinligi ta’kidlandi.
Uçraşuvlar yakunida tomonlar böş iş örinlari, mehnat va yaşaş şaroitlari, hujjatlarni rasmiylaştirişdagi mavjud muammolarni bartaraf etiş, şuningdek, Özbekistondan qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportini kengaytiriş yuzasidan ikki tomonlama amaliy tadbirlarni kelişib oldi.











