Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida kambağallikni qisqartiriş hamda aholi bandligini ta’minlaş borasidagi işlar sarhisobi va kelgusi yil uçun ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazildi.
Unda ma’lum qilinişiça, kelgusi yilda hududlardagi korxonalarda 52 milliard dollarlik sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş reja qilingan.
Mutasaddilar mahalliy sanoat tarmoqlarida 22 milliard dollarlik 3,5 mingta loyihani işga tuşirib, 130 ming doimiy iş örni taşkil qilişi zarurligi qayd etildi.
Ta’kidlanişiça, hozir Ğijduvon tajribasi asosida 400 ta mahalla mebelçilik, hunarmandçilik va tikuvçilikka ixtisoslaşgan. Tadbirkorlarning joyi kengaytirib berilsa, har biri yana 5-10 kişini işga olişga tayyor.
Şu munosabat bilan tuman hokimlariga kelasi yilda sanoatga ixtisoslaşgan bunday mahallalarda 50 ta «mikrosanoat markazi»ni işga tuşiriş, banklar bilan birgalikda kamida 800 milliard sömlik 1,5 ming kiçik sanoat loyihasini amalga oşirib, 10 ming nafar odamni işli qiliş topşirildi.
Bu markazlarning infratuzilmasi uçun 200 milliard söm ajratiladi.












