Yanvar oyida şov-şuv bilan iş boşlagan va budjet xarajatlarini keng miqyosda qisqartiriş bilan tahdid qilgan AQŞ Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) endi yöq. Bu haqda sönggi paytlarda deyarli eşitilmayotgan DOGE işlarining ahvoli bilan qiziqqan Reuters agentligi ma’lum qildi. 

AQŞ kadrlar xizmati rahbari Skott Kuporning agentlikka aytişiça, DOGE «mavjud emas», u endi «markazlaşgan tuzilma» emas.

Agentlik DOGE funksiyalarining bir qismi endi AQŞ kadrlar xizmati boşqaruvining öziga ötganini aniqladi. DOGE sobiq xodimlarining bir qismi hozir prezident Donald Trampning joriy yil avgust oyidagi farmoni bilan taşkil etilgan National Design Studio yangi tuzilmasida işlayapti va hukumat saytlarining taşqi körinişini yaxşilaş bilan şuğullanmoqda. Xodimlarning yana bir qismi boşqa bölimlarga, jumladan, AQŞ Davlat departamenti va Soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar vazirligiga tarqalgan.

DOGE 2025 yil yanvar oyida taşkil etilgan va hujjatlarga köra 2026 yil iyulgaça işlaşi kerak edi. DOGE birinçi rahbari Ilon Maskning davlat budjeti isrofgarçiligiga qarşi keskin kuraş haqidagi balandparvoz bayonotlari asta-sekin yöqqa çiqdi, keyin esa uning özi ham departamentdan ketdi. 

Budjet xarajatlarini 2 trln dollarga qisqartiriş böyiça dastlabki reja amalga oşmadi. Reuters ta’kidlaganidek, mustaqil ekspertlar DOGE «önlab milliard dollarlik» xarajatlarni qisqartirişga muvaffaq bölgani haqidagi da’volarini tekşira olmaydi, çunki idora öz işi haqida batafsil moliyaviy hisobotlarni taqdim etmagan.