26 noyabr kuni Hongkongning Tai Po tumanida joylaşgan turar-joy majmuasida bir neçta köp qavatli uylarda yirik yonğin kuzatildi. Associated Press naşrining mahalliy rasmiylarga tayanib yozişiça, yonğin oqibatida tört kişi halok bölgan, boşqalar içkarida qamalib qolgan.

Voqea joyidan olingan videoda bir-biriga yaqin joylaşgan kamida beşta bino yonayotgani, köplab kvartiralarning derazalaridan yorqin alangalar va tutun otilib çiqayotgani körinadi. Hududda keç tuşişi bilan manzara yanada yaqqol köringani aks etgan. Öt öçiruvçilar narvonli yuk maşinalaridan kuçli alangaga suv yönaltirmoqda.
A fire engulfed several high-rise residential buildings in Hong Kong, leaving several dead and others trapped, according to police repors https://t.co/Ouyc0IA9I8 pic.twitter.com/8nlJwYKYVZ
— Reuters (@Reuters) November 26, 2025

Şiddatli yonğin yuz bergan Tai Po tumanidagi majmua taşqi tomonida bambuk yoğoçlari va yaşil quriliş törlari bilan öralgani körinadi. Ma’lumotlarga köra, uşbu uy-joy majmuasi qariyb 2 000 ta xonadondan iborat sakkiz blokdan taşkil topgan.

Hongkong hukumati tört kişi halok bölganini va yana beş kişi şifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.
Halok bölganlar orasida bir öt öçiruvçi ham bor, yana bir öt öçiruvçi « kuçli issiq oqibatidagi holsizlikdan» davolanmoqda, dedi Yonğin xizmati departamenti direktori Endi Ëung.

AP naşrining yozişiça, politsiya jabrlangan binolarda qamalib qolgan odamlar haqida bir neçta murojaatlar tuşganini aytgan, biroq tafsilot bermagan.

Yonğin tuşdan keyin xabar qilingan. Rasmiylar, u eng yuqori daraja – 5-darajali ogohlantirişga kötarilganini ma’lum qildi.
Tai Po tumanidagi mahalliy amaldorlar yonğin sabab uy-joysiz qolgan odamlar uçun vaqtinçalik boşpanalar taşkil qilmoqda.

Naşrning yozişiça, bambukdan yasalgan konstruksiyalar — Hongkongda quriliş va ta’mirlaş loyihalarida keng uçraydi. Biroq hukumat joriy yilda xavfsizlik bilan boğliq xavotirlar sabab jamoat loyihalarida uni bosqiçma-bosqiç bekor qilişni boşlaşini aytgandi.

















