Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirğizistonga taşrifi yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida Rossiya-Ukraina mojarosini hal qiliş böyiça AQŞ tinçlik rejasi atrofidagi munozaraga batafsil töxtalib ötdi. Quyida uning sözlarini juz’iy tahrirlar bilan qisqartirilgan körinişda keltiriladi.
Trampning tinçlik rejasi haqida
Heç qanday «tinçlik kelişuvi loyihalari» bölmagan. Mening Alyaskaga taşrifimdan oldinroq tuzib çiqilişi kerak bölgan savollar töplami bor edi. Şundan keyin 28 banddan iborat ehtimoliy kelişuvlar röyxati paydo böldi va u bizga muayyan kanallar orqali uzatildi. Şundan keyin Jyenevada AQŞ va Ukraina örtasida muzokaralar bölib ötdi. Bilişimça, ular bu 28 bandning barçasini törtta alohida tarkibiy qismga ajratiş kerak, degan qarorga kelişgan. Bularning barçasi bizga yetkazilgan. Umuman olganda, bu kelajakdagi kelişuvlarga asos bölişi mumkin, degan fikrga qöşilamiz. Qandaydir yakuniy variantlar haqida gapiriş men tomonimdan odobsizlik bölardi, çunki ular yöq.
Öt oçişni töxtatiş haqida
Ukraina qöşinlari egallab turgan hududlardan çiqib ketsin – ana şunda harbiy harakatlar töxtaydi. Çiqmasa – biz buni qurolli yöl bilan amalga oşirişga erişamiz, tamom vassalom.
Okkupatsiya qilingan hududlar maqomi haqida
Xalqaro-huquqiy tan oliş muhim ahamiyatga ega. Hududlar Rossiya suvereniteti ostida bölganida tan oliş – boşqa gap, agar kelişuvlar buzilsa, bu RFga barça javob çoralarini keltirib çiqadigan hujum sifatida köriladi. Yoki bu qonunan Ukrainaga tegişli hududni qaytarib olişga uriniş böladi. Bular boşqa-boşqa narsalar.
Şuning uçun, albatta, biz uçun tan oliniş muhim. Ammo Ukraina tomonidan emas. Bu AQŞ bilan muzokaralar mavzusi bölişi kerak, bu muhim nuqtalardan biridir.
Yevropaga ehtimoliy hujum haqida
Es-huşi unçalik joyida bölmagan odamlar yoki qandaydir firibgarlar öz aholisiga oçiqçasiga Rossiya Yevropaga hujumga tayyorgarlik körayotgani va zudlik bilan mudofaa salohiyatini kuçaytiriş kerakligini aytmoqda. Ular nimaga asoslanganini aytiş qiyin, lekin bizning nuqtayi nazarimizga köra, bu mutlaqo bema’nilik, bu qip-qizil yolğon. Agar ular öz fuqarolarini qörqitgan bölsa va ular [Yevropa mamlakatlari fuqarolari] bizning Yevropaga nisbatan heç qanday tajovuzkor rejalarimiz yöqligini eşitmoqçi bölsa, marhamat: biz buni «qoğozga tuşirib» tasdiqlaşga tayyormiz.
Rossiya G7’ga qaytişi haqida
Biz «katta yettilik»ka qarşi emasmiz. Ular tobora kiçrayib bormoqda, ammo ular baribir muhim hamkorlardir. Lekin bizni u yerga heç kim taklif qilmayapti. Bugungi vaziyatda ular bilan qanday töğridan töğri muloqot qilişimizni tasavvur qila olmayapman. Özingiz tasavvur qilyapsizmi? Xöş, yetib keldik, «salom» berdik, keyin nima qilamiz – qovoq uyib, bir-birimizga qarab ötiramizmi? Balki bu takliflarning barçasini [tinç yöl bilan hal qiliş böyiça] amalga oşirsak, köp tomonlama aloqalar uçun şaroit yaratilar, lekin bu haqda gapirişga hali erta.
Rossiya aktivlari musodara qilinişi haqida
Bu jahon moliya tizimi uçun salbiy oqibatlarga olib kelişi aniq, çunki yevrohududga bölgan işonç keskin pasayadi, keskin tuşib ketadi. Yevropa iqtisodiyotidagi qiyinçiliklar fonida esa bu oson sinov bölmaydi. Mening topşiriğimga binoan, Rossiya hukumati bunday holat uçun javob çoralari töplamini işlab çiqmoqda. Bu birovning mulkini öğirlaş bölişi barçaga ayon va buni hamma oçiq-oydin aytyapti.
Rossiyalik muzokaraçilar haqida
Rossiya tomondan muzokaraçi kim deysizmi? Bu oçiq ma’lumot – Taşqi işlar vazirligi. Kreml tomonidan esa – Vladimir Medinskiy – prezident yordamçisi, u bu iş bilan avvalboşdan şuğullangan. Joriy işlar böyiça mening yordamçim – Yuriy Uşakov işga qöşilgan, u amerikalik hamkasblari bilan aloqada. Ammo bularning barçasini bir özi qila olmaydi, buni TIV va qisman prezident ma’muriyati qilişi kerak. Bu juda katta masalalar majmuasi.
Sergey Lavrov «qahrga yöliqqani» haqida
Bu qandaydir bema’nilik, u heç qanday xatoga yöl qöymagan. Uning öz iş jadvali bor, u menga nima bilan şuğullanişi, qaysi vaqtda şuğullanişi böyiça hisobot berdi. Amerikalik hamkorlar bilan uçraşuvga tayyorgarlik körmoqda.
Uitkoff bilan muzokaralar matbuotga sizib çiqişi haqida
Uitkoffni ayblaşning hojati yöq. U Amerika fuqarosi, öz prezidenti va mamlakatining pozitsiyasini himoya qiladi. Ha, bizda dialog bor, u oson emas. Biz bu muloqotni sökişlarsiz, bir-birimizga tupurişlarsiz olib boramiz, biz ziyoli odamlarmiz, lekin har birimiz öz pozitsiyamizni himoya qilamiz. Uitkoff AQŞ manfaatlarini özi va uni muzokaralarga vakil qilgan odamlar qanday körsa, şunday himoya qiladi.
Ukraina hukumati legitimligi haqida
Ukraina rahbariyati bilan hujjatlar imzolaşdan ma’no yöq. Men bu mavzuda köp marta gapirganman. Menimça, Ukraina rahbariyati prezidentlik saylovlariga borişdan qörqib, prinsipial, strategik xatoga yöl qöydi, şundan söng prezident özining legitimlik maqomini yöqotdi.
Biz ham harbiy mojaro şaroitidamiz, lekin saylovlarni ötkazdik-ku! Prezident saylovlarini ham, yaqinda bölib ötgan munitsipal va mintaqaviy hokimiyat organlariga saylovlarni ham. Biz hammasini qilyapmiz-ku. Ular esa negadir yöq. Bugungi şaroitda Ukrainaning amaldagi siyosiy rahbariyati soxtalaştirişlarsiz ğalabaga umid qilişi qiyin.
«Rosneft» va «Lukoyl»ga qarşi sanksiyalar haqida
Ankorijdagi muzokaralardan söng biz qayerda ekanimiz va harbiy harakatlarni töxtatiş uçun nima qiliş kerakligi böyiça tuşunça şakllandi. Keyin biz tarqaldik, çunki men ham, [Donald] Tramp ham öz poytaxtlarimizga qaytişimiz, öylab körişimiz, öz apparatlarimiz, vazirliklar, idoralar, ittifoqçilar bilan maslahatlaşişimiz kerakligini aytdik. Şundan keyin işni davom ettirişga kelişib oldik. Rossiya va AQŞ örtasida qandaydir ziddiyatli vaziyat yuzaga kelmadi. Va tösatdan ular ikkita neft kompaniyamizga qarşi sanksiyalar joriy etilişini e’lon qilişdi. Bu nima bilan boğliq? Men sizga oçiğini aytyapman, men hatto tuşunmadim ham, nima bölyapti özi?
Jang maydonidagi vaziyat haqida
Barça yönalişlarda ijobiy dinamika saqlanib qolmoqda. Bu yönalişlarning barçasida qöşinlarimizning harakat sur’ati ortib bormoqda. Aytiş mumkin, barça asosiy yönalişlarda qöşinlarimiz tomonidan qaytarilayotgan hududlar soni oy sayin ortib bormoqda. Qöşinlarning harakat sur’ati tezlaşmoqda.













