Rasmiy marosim doirasida bölib ötgan suhbatda sönggi yillarda tobora rivojlanib borayotgan Özbekiston–Avstraliya munosabatlarining bugungi holati va kelgusi istiqbollari atrofliça muhokama qilindi. Jumladan, siyosiy muloqotni faollaştiriş, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, ilm-fan va ta’lim, şuningdek, boşqa yönalişlarda özaro aloqalarni rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Samanta Mostin Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni yuqori baholadi. U davlat boşqaruvi tizimini modernizatsiya qiliş, fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş, xalqaro biznes uçun qulay investitsiya muhitini yaratiş borasida erişilgan natijalarni alohida qayd etdi.

Tomonlar Avstraliya va Özbekiston iqtisodiyotlari örtasidagi öxşaşliklarga ham töxtalib ötdi. Xususan, paxtaçilik va toğ-kon sanoati sohalaridagi öxşaş tarkib innovatsiya, yangi texnologiyalar va qöşma investitsiya loyihalari yönalişida keng hamkorlik imkoniyatlarini yaratayotgani ta’kidlandi.

Suhbat çoğida Avstraliya general-gubernatori yaqinda Samarqand şahrida ötkazilgan YuNeSKO boş konferensiyasining yuqori darajada taşkil etilganini qayd etdi. U avstraliyalik sayyohlar uçun Özbekiston tobora jozibador turistik yönalişga aylanayotganini ta’kidlab, tarixiy meros, madaniy boylik va zamonaviy infratuzilma örtasidagi uyğunlikka e’tibor qaratdi.

Suhbat yakunida Samanta Mostin ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlaşga tayyorligini bildirib, Özbekiston rahbariyati va xalqiga samimiy tilaklarini yetkazdi.

Alişer Qayumov Özbekistonning Singapurdagi (2018–2024) va Avstraliyada (2022–2024) örindoşlik asosidagi elçisi (qarorgohi Singapurda) bölib işlagan Qahramon Şokirov örniga tayinlangan. 2024 yil 30 aprel kuni Alişer Qayumov Singapur prezidenti Tarman Şanmugaratnamga ham işonç yorliqlarini topşirgan edi.