Navoiy viloyati hududida bolalarni maşinada belgilangan meyorlarga zid ravişda taşiş holatlari aniqlandi.

Xususan, Xatirçi tumanidagi xususiy maktabgaça taʼlim taşkilotlaridan biriga tegişli “Damas” rusumli avtomaşinada 33 nafar bola belgilangan meyorlarga zid ravişda olib ketilayotgani maʼlum böldi.

Yana bir holatda «Damas» avtomaşinasiga özlaridan taşqari 14 nafar bolani ortib olgan haydovçi va boğça mudirasi töxtatildi. Maʼlum qilinişiça, ayol va uning haydovçisi oldin ham xuddi şunday qoidabuzarlik qilgani uçun bayonnoma rasmiylaştirilib, ulardan tilxatlar olingan.

Bundan taşqari, boğça mudirasi bayonnoma rasmiylaştirilişiga tösqinlik qilişga uringan.