Ukraina özining asosiy maqsadi bölgan «töliq ğalaba»ga erişmasa ham, Rossiya bilan tinçlik kelişuvi tuzişi mumkin, deb hisoblaydi Ukraina Qurolli Kuçlari sobiq boş qömondoni, hozirda Buyuk Britaniyadagi Ukraina elçisi Valeriy Zalujniy. Liga.net naşri uçun yozgan mualliflik maqolasida, şanba kuni, 29 noyabrda uruşni yakunlaşning ehtimoliy ssenariylarini tasvirlab, bir neça yilga çöziladigan uzoq muddatli "muzlatiş" variantini ham istisno qilmadi.

«Biz, ukrainlar, albatta, töliq ğalabaga — Rossiya imperiyasining parçalanişiga intilamiz. Biroq uruşni uzoq muddatli (yillab) töxtatib turiş variantini ham istisno qila olmaymiz, çunki tarixda uruşlarni tugatişning eng keng tarqalgan usullaridan biri aynan şu, — deb yozadi Zalujniy. — Şu bilan birga, keyingi uruşni kutgan holda bölsa ham tinçlik siyosiy özgarişlar, çuqur islohotlar, töliq tiklaniş, iqtisodiy ösiş va fuqarolarning qaytişi uçun imkoniyat beradi».

Uning ta’kidlaşiça, uruşni «navbatdagi axborot şov-şuvlari bosimi» ostida tugatib bölmaydi. Ayniqsa, hozirgi kabi uruşni töxtatiş yoki yakunlaş «harbiy, iqtisodiy va siyosiy frontlarda erişilgan yutuqlar yoki yöqotişlar majmuasi»ga boğliq böladi. General qöşimça qilganidek, şunday frontlardan biridagi «qulaş» uruşni tugatiş uçun faqatgina ma’lum şart-şaroitlar paydo bölişiga olib kelişi mumkin, xolos. Şu bilan birga, Zalujniy Ukrainaga taklif etilayotgan tinçlik kelişuvi variantlarida «har gal şaroitlar yaxşilanmayapti», deya tan oldi.

Sobiq boş qömondon ta’kidlaşiça, «uruş doimo bir tomonning ğalabasi va ikkinçi tomonning mağlubiyati bilan tugamasligini» esdan çiqarmaslik muhim. «Ikkinçi jahon uruşida şunday bölgan, lekin bu — qoidadan istisno, çunki insoniyat tarixida deyarli biror marta şunday bölmagan. Uruşlarning mutlaq köp qismi yo ikki tomon uçun özaro mağlubiyat, yoki har biri özini ğolib deb hisoblaydigan holat, yo boşqa variantlar bilan tugaydi», — deya ta’kidlaydi Valeriy Zalujniy.

Uning ta’rifiga köra, Ukraina uçun ğalaba faqatgina zamonaviy Rossiya imperiyasining parçalanişi bölişi mumkin, mağlubiyat esa — davlatning içki qulaşidan söng Ukrainaning töliq okkupatsiya qilinişi. Qolgan barça variantlarni u «uruşning boşqa şaklda davom etişi» deb atadi.

Şu bilan birga, tinçlikka erişilgandan keyin «innovatsiyalar va texnologiyalar tufayli xavfsiz, maksimal darajada himoyalangan davlatni şakllantiriş boşlandi, deb gapiriş mumkin böladi», deya ta’kidlaydi general. Şu qatorda u «korrupsiyaga qarşi kuraş va adolatli sud tizimini barpo etiş orqali adolatli davlat asoslarini yaratiş va mustahkamlaş», şuningdek, «mamlakatni tiklaş böyiça xalqaro iqtisodiy dasturlar asosida iqtisodiy rivojlaniş» imkoniyatlariga işora qildi.