Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi öyinlarida iştirok etgan yoş sportçilar, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga murojaat qildi.
Davlat rahbari saralaş bosqiçlarida 100 mingdan ziyod iştirokçilar orasidan tanlab olingan qariyb 3 ming nafar eng kuçli sportçilar Olimpiadaning final bosqiçlarida munosib iştirok etganini alohida qayd etdi.
Prezident oğir atletika, yengil atletika, yunon-rum kuraşi va taekvondo böyiça rekordlar örnatgan va amaldagi çempionlarni mağlub etgan yoş sportçilar — Şahnoza Haydarova, Mohinur Esonboyeva, Sadafbonu Nusratulloyeva, Qamariddin Xudoyberganov, Komila Sultanova, Umarali Abdujabborov, Miraslava Omelçenko kabi yoşlarning natijalarini alohida e’tirof etdi.
Şuningdek, tört yil avval yölga qöyilgan “Beş taşabbus olimpiadasi” orqali kaşf etilgan 23 nafar yoş sportçi bugungi Prezident Olimpiadasida ğolib va sovrindor bölgani ta’kidlandi.
Prezident bu musobaqalar yoşlar uçun Olimpiya ruhi va ğoyalarini singdiradigan, jahon arenalari sari olib çiqadigan katta tajriba maktabi ekanini ta’kidladi.
Kelgusi yildan boşlab Prezident Olimpiadasi tizimiga suv sporti, velosport, triatlon, qiliçbozlik va jamoaviy sport turlari ham kiritilişi, har bir bosqiçga xalqaro sport mezonlari töliq joriy etilişi ma’lum qilindi.
Şu bilan birga:
- trenerlar zamonaviy metodologiya asosida öqitilişi;
- hakamlar malakasi oşirilişi;
- sport maktablari va tögaraklar infratuzilmasi yaxşilanişi;
- musobaqalar natijalari oçiq va şaffof baholanişi ta’kidlandi.
Prezident musobaqalarni yuksak darajada taşkil etgan hududlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, sport federatsiyalari, OTM va maktab jamoalari, volontyorlar va sport muxlislariga minnatdorlik izhor etdi.
Murojaat yakunida Şavkat Mirziyoyev yoş sportçilarni tinimsiz mehnat qiliş, katta marralar sari dadil intilişga çaqirdi va kelgusi musobaqalarda yanada yorqin ğalabalar tiladi.












