Parij Ukrainaga «reparatsion kredit» beriş uçun Fransiyadagi xususiy banklarda muzlatilgan Rossiya aktivlarining uşbu qismidan foydalanişga qarşi çiqmoqda. Bu haqda FT (Financial Times) gazetasi duşanba, 8 dekabr kuni manbalariga tayanib xabar berdi.

Naşr suhbatdoşlari ma’lumotiga köra, Yevropa böylab muzlatilgan Rossiya Bankining 200 milliard yevroga yaqin aktivlarining 185 milliard yevroga yaqini Belgiyadagi Euroclear depozitariysi hisoblarida, yana 18 milliard va 7 milliard yevro mos ravişda Fransiya va Belgiyaning tijorat banklarida saqlanadi.

Şu tarzda, Fransiya Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlari miqdori böyiça Yevropada ikkinçi yirik davlat sanaladi. Biroq maqolada ta’kidlanişiça, Parij «ayrim boşqa Yevropa poytaxtlari noroziligiga sabab bölgan holda» Rossiya aktivlari qayerda saqlanayotgani va ular böyiça hisoblangan foiz daromadlari qanday işlatilayotgani haqidagi ma’lumotni oşkor etmay, bunday ma’lumotlarning «maxfiylik tabiati»ga işora qilmoqda.

Vaziyatdan xabardor FT’ning uç manbasi fikriça, 18 milliard yevroga yaqin mablağning asosiy qismi mamlakatning eng yirik banki — BNP Paribas’da saqlanayotgan bölişi mumkin. Bankning özi, şuningdek yana uçta yirik fransuz banki naşrga izoh berişdan boş tortgan.

Qayd etilişiça, uşbu aktivlar Yevrokomissiya tomonidan Ukrainaga RF Markaziy banki muzlatilgan aktivlari hisobiga «reparatsion kredit» beriş rejasi tufayli «alohida e’tibor markaziga tuşgan». Yevrokomissiyaning sönggi taklifiga köra, faqat Euroclear’da saqlanayotgan 185 milliard yevrogina emas, balki barça YeI mamlakatlarida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalaniş közda tutiladi.

FT yozişiça, fransuz amaldorlari Ukrainaga «reparatsion kredit» beriş ğoyasini qöllab-quvvatlayotgan bölsa-da, xususiy banklarda muzlatilgan mablağlardan foydalanişga qarşi çiqmoqda, çunki bu banklar bilan tuzilgan şartnomalar şaroiti Euroclear bilan tuzilgan şartlardan farq qiladi.

Belgiyadagi depozitariy muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foyda köradi, ammo unda Rossiyaga foiz tölaş böyiça şartnomaviy majburiyatlar yöq. Uşbu tuşumlar allaqaçon Ukrainani 50 milliard yevroga yaqin kredit bilan ta’minlaş mexanizmida qöllanmoqda. Şu bilan birga, xususiy banklar, odatda, depozitlar böyiça yiğilgan foizlarning barçasini yoki bir qismini Rossiyaga tölab berişi kerak böladi.