Gruziya davlat xavfsizlik xizmati 24 va 25 iyul kunlari mamlakatda keng kölamdagi elektr energiyasi uzilişi sababli jinoyat işi qözğatdi.
"Gruziya davlat xavfsizlik xizmati elektr energiyasi butun mamlakat böylab bir neça marta avariyaviy öçgani sababli Jinoyat kodeksining 318-moddasi (sabotaj) bilan jinoyat işi qözğatdi", - deyiladi xavfsizlik xizmati bayonotida.
Uşbu moddada Gruziya davlat manfaatlariga putur yetkaziş maqsadida davlat korxonasi yoki boşqa muhim ob’yektning me’yorida işlaşiga tösqinlik qiliş yoki zarar yetkaziş/yöq qiliş nazarda tutilgan.
25 iyul kuni ertalab Gruziyada elektr energiyasining keng kölamli öçişi sodir böldi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari Tbilisi, Ozurgeti, Poti, Rustavi şaharlarida elektr yöqligini yozişdi.
Keyinroq "Gruziya davlat elektr tizimi" kompaniyasi elektr ta’minoti tiklanganini xabar qildi.
Juma kuni keçqurun ham mamlakatda elektr ta’minoti uzilib qolgan, uni töliq tiklaş uçun bir neça soat kerak bölgandi.












