•  

UXX ma’lum qilişiça, mazkur operatsiya Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan 25-iyun kuni tasdiqlangan bölib, uning asosiy maqsadi Rossiyaning harbiy va iqtisodiy salohiyatini izçil zaiflaştiriş orqali uni uruşni töxtatişga majburlaşdan iborat bölgan.

Idoraning bildirişiça, hujumlar Rossiyaning harbiy-sanoat korxonalari, aviatsiya bazalari, havo hujumidan mudofaa tizimlari, qömondonlik punktlari, harbiy-dengiz floti kemalari, «soya floti»ga tegişli tankerlar, neftni qayta işlaş zavodlari, şuningdek, transport va harbiy logistika ob’yektlariga qaratilgan.

UXX ma’lumotlariga köra, operatsiya davomida front çiziğida 21 mingdan ortiq harbiy texnika, qurol-yaroğ va harbiy infratuzilma ob’yektlariga zarba berilgan. Şuningdek, idora qariyb 5 ming nafar rossiyalik harbiy yöq qilinganini da’vo qilgan.

Hisobotda ta’kidlanişiça, operatsiyaning asosiy yönalişlaridan biri Rossiyaning yonilği-energetika infratuzilmasiga zarba beriş bölgan. Sönggi 40 kun içida 14 ta neftni qayta işlaş zavodi, önlab neft bazalari, neft saqlaş rezervuarlari, neft quvurlari nasos stansiyalari, neft terminallari va neft qazib oliş platformasi nişonga olingan.

Bundan taşqari, Blue, Louise 1, Banda va Avero tankerlari, şuningdek, xalqaro sanksiyalar ostida bölgan ikki yuk kemasiga ham zarbalar berilgani qayd etilgan.

UXX bayonotida mazkur 40 kunlik kampaniya Rossiyaning harbiy maşinasi uçun muhim ahamiyatga ega bölgan ob’yektlarni bir vaqtning özida zaiflaştirişga qaratilgani ta’kidlangan. Idora bunday operatsiyalar Rossiyaning harbiy-iqtisodiy salohiyatini kamaytiriş maqsadida davom ettirilişini ma’lum qilgan.

Şu bilan birga, UXX rahbarining vazifasini bajaruvçi general-mayor Aleksandr Poklad bilan uçraşuvdan söng prezident Volodimir Zelenskiy Rossiyaga qarşi yangi maxsus operatsiyalarni ötkaziş rejasini ham ma’qullagan.

25-iyun kuni Volodimir Zelenskiy Rossiyani uruşni töxtatişga undaş maqsadida «tajovuzkor davlatga bosim ötkaziş operatsiyasi» boşlanganini e’lon qilgan edi. U bundan bir kun avval Ukraina Rossiyani tinçlikni tanlaşga majbur qiladigan şaroitlarni yaratişini bildirgan.