NATO boş kotibi Mark Ryutte Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarşi uruş bilan çeklaniş niyatida emas, deb hisoblaydi. “Biz — Rossiyaning navbatdagi maqsadimiz”, — dedi u 11 dekabr, payşanba kuni Berlindagi çiqişi çoğida. Uning aytişiça, hozir NATOning vazifasi — uruşni boşlanmasidan oldin töxtatişdir. “Buning uçun biz tahdidni töliq anglab yetişimiz kerak”, — deya ta’kidladi u va xavf allaqaçon mavjud ekanini qöşimça qildi.

Aniqroq aytganda, Ryutte yana mudofaa xarajatlarini köpaytirişga va Ukrainaga kömakni kuçaytirişga çaqirdi. “Qurolli kuçlarimiz himoyamiz uçun zarur bölgan hamma narsani olişi kerak. Ukraina esa mudofaa uçun zarur bölgan hamma narsani — hozirning özida olişi kerak”, — dedi u. Uning ta’kidlaşiça, ittifoqçilarning juda köp qismi vaziyatning şoşilinçligini his qilmayapti va vaqt ular tomonda, deb öylayapti. “Ammo bu unday emas”, — dedi u.

AQŞning Ukrainadagi uruşni töxtatişga qaratilgan sa’y-harakatlarini şarhlar ekan, Ryutte AQŞ prezidenti Donald Tramp Putinni muzokaralar stoliga ötqaza oladigan yagona şaxs ekanini bildirdi. Şu bois, hozir Putin haqiqatan tinçlik istayaptimi yoki qirğinning davom etişini afzal köryaptimi — şuni tekşiriş kerak. Buning uçun, Ryutte ta’kidlaşiça, Rossiyaga nisbatan bosimni saqlab qoliş zarur.

Şu bilan birga, Mark Ryutte Rossiya öz maqsadiga erişib, Ukraina Rossiya işğoli ostida qolişi mumkin bölgan ssenariydan ogohlantirdi. Bunday holda Rossiya qöşinlari NATO bilan yanada uzunroq çegara böylab turadi va qurolli hujum xavfi yanada ortadi. Uning sözlariga köra, öşanda tiyib turiş va mudofaa sohasida ulkan özgarişlar, şuningdek, yanada kattaroq mudofaa xarajatlari talab etiladi. “Bu favqulodda budjetlar, davlat xarajatlarini qisqartiriş, iqtisodiy inqirozlar va qöşimça moliyaviy bosim degani”, — dedi u. Şuning uçun, Ukraina xavfsizligi — bu öz xavfsizligimiz ham, deb urğuladi Mark Ryutte.