2026 yil — “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” doirasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oşiriş uçun alohida davlat dasturi qabul qilinişi ma’lum qilindi. Dasturda yurtdagi 9 mingdan ziyod mahallani, avvalo, mehr-oqibat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirişga qaratilgan çora-tadbirlar öz aksini topişi qayd etildi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning ta’kidlaşiça, Yangi Özbekistonni barpo etişda hal qiluvçi bosqiçga qadam qöyilmoqda va bu yölda har bir soha hamda tarmoqda çuqur transformatsiya zarur. Davlat rahbari maqsad yaqin yillarda Özbekistonni daromadi örtadan yuqori mamlakatlar qatoriga olib çiqiş ekanini, fuqarolar esa islohotlar natijasini kundalik hayotida yanada köproq his qilişi kerakligini ta’kidladi.

Prezident 2026 yilda amalga oşiriladigan eng muhim ustuvor yönalişlardan birinçisi sifatida mahalla infratuzilmasini tubdan yaxşilaş, mahallalarga Yangi Özbekiston qiyofasini olib kiriş vazifasini körsatdi.

«Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boşlanadi. Aynan mahalladagi yöl, suv, elektr va transport ta’minoti, boğça, maktab va oilaviy poliklinikadagi şart-şaroitlarga qarab, odamlar islohotlarimizga baho beradi», — dedi davlat rahbari.

Qayd etilişiça, kelgusi yildan mahallani rivojlantiriş böyiça kompleks yondaşuv joriy etiladi. Unga köra, har bir viloyatda 2–3 tadan tuman tanlab olinib, uşbu tumanlardagi barça mahallalarda mavjud muammolarni bir vaqtning özida hal qilişga qaratilgan tizim yölga qöyiladi. Şu bilan birga, bu hududlarda tadbirkorlik infratuzilmasi ham parallel ravişda rivojlantirilişi belgilandi.

Mazkur maqsadlar uçun barça manbalar hisobidan 8,5 trillion söm mablağ ajratilişi ma’lum qilindi. Şuningdek, deputatlarga öz okrugidagi muammolarni hal etiş uçun 500 milliard söm yönaltirilişi qayd etildi. “Yaşil hudud” va “yaşil boğ” yaratiş böyiça har bir deputat taşabbusiga qöşimça 330 million sömdan mablağ ajratilişi ham belgilandi.

Prezident ta’kidlaganidek, uşbu yondaşuv orqali 2030 yilgaça şaroiti oğir barça tumanlardagi mahallalarga “Yangi Özbekiston qiyofasi”ni olib kiriş maqsad qilingan.