Ijtimoiy tarmoqlarda özini distribyutor deb tanitgan Xayrullo Shokirov yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Toşkent şahri Içki işlar boş boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (Juda köp miqdordagi firibgarlik) bilan jinoyat işi tergov qilinmoqda.

Tergov jarayonida aniqlanişiça, 1986 yilda tuğilgan Xayrulla Ubaydullayeviç Shokirov aldaş va işonçni suiiste’mol qiliş yöli bilan Instagram, Telegram hamda YouTube platformalarida Xayrullo Shokirov nomli profil orqali özini yirik distribyutor va tadbirkor sifatida taniştirgan.

Tarmoqlardagi sahifalarida Xayrulla Shokirov uşbu faoliyat bilan 2004 yildan buyon şuğullanib kelişini aytgan.

«U göyoki çet eldan katta miqdorda anor şarbati va salqin içimliklar olib kirib, ularni Özbekiston hududidagi savdo nuqtalariga yetkazib beriş vakolatiga ega ekani haqida yolğon ma’lumotlar tarqatgan. Fuqarolarga distribyutorlik orqali topgan daromadidan katta foizlarni va’da qilib, aldaş yöli bilan ularning işonçiga kirib, juda köp miqdorda moddiy zarar yetkazgan», – deyiladi xabarda.

Mazkur jinoyat işi böyiça Shokirov gumonlanuvçi sifatida tergovga jalb qilingan va unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

IIBB mazkur şaxsning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr körganlar yoki uşbu holatlar böyiça biror ma’lumotga ega bölganlardan Tergov boşqarmasining 71−206−40−99, 71−206−42−52 raqamlariga yoki 102 qisqa raqami orqali murojaat qilişni söradi. Boşqarma murojaat jinoyatni töliq foş etiş va adolatni ta’minlaşga xizmat qilişi mumkinligini qöşimça qildi.