Xitoy AQŞning mudofaaga aloqador 20ta kompaniyasiga qarşi sanksiya kiritdi. Xitoy taşqi işlar vazirligining bayonotiga köra, sanksiyalarda uşbu kompaniyalarning Xitoydagi aktivlari muzlatilişi hamda jismoniy şaxslar va taşkilotlarga ular bilan aloqa qiliş taqiqlanişi közda tutiladi.

"Tayvanga qurol sotiş bilan şuğullanadigan har qanday kompaniya yoki şaxs qilmişi uçun badal tölaydi", deyiladi Xitoy TIV bayonotida.

Vazirlik şuningdek, AQŞni “Tayvanga qurol sotiş borasidagi xavfli qadamlar"ni töxtatişga çaqirgan.

Sanksiyalar röyxatidan Northrop Grumman Systems Corporation, L3Harris Maritime Services va Boeing hamda Anduril Industries mudofaa kompaniyasi asosçisi Palmer Laki örin olgan. Unga Xitoyda biznes yuritiş va mamlakatga kiriş taqiqlandi.

AQŞning Tayvanga 10 milliard dollarlik qurol sotiş töğrisidagi qarori Xitoyning ğazabiga sabab böldi.

Federal qonunçilikka köra, AQŞ Tayvanga özini himoya qilişga yordam berişga majbur va bu Xitoy bilan munosabatlarda tobora keskinlaşib bormoqda.