AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset AQŞ qöşinlarining Venesueladagi harbiy operatsiyasi vaqtida mamlakat armiyasi aviatsiya zarbalarini qaytarişga urinmagani haqida hazil qildi. Uşbu operatsiya Nikolas Maduroning qölga olinişi bilan yakunlangan. Dүshanba, 5 yanvar kuni Virjiniya ştatida harbiylar oldida nutq sözlar ekan, Hegset amerikaliklar Karakasga yöqotişlarsiz kirgani bilan maqtandi.
“Uç keça oldin Venesuelada qariyb 200 nafar eng yaxşi amerikalik fuqarolarimiz Karakas markaziga kirdi…” — dedi Hegset va operatsiya birorta ham AQŞ harbiy xizmatçisining halok bölişisiz ötganini ta’kidladi. “Xuddi öşa Rossiya HHM tizimlari unçalik yaxşi işlamagan, töğrimi?” — deb hazil qildi u.
Şu çiqişi davomida Pit Hegset AQŞ boşqa davlatlar bilan mojarolarga intilişini aytmadi, biroq dunyo “superdavlatlar raqobatining yangi davri”ga kirganini bildirdi. Bu kontekstda AQŞ mudofaa vaziri töğridan töğri faqat Xitoyni tilga oldi. Hegsetning aytişiça, AQŞ “bu çaqiriqqa javob beriş uçun yuksaladi” va mudofaa sohasiga “kelajakdagi janglarda ustunlik qiliş uçun kerak böladigan” texnologiyalarni joriy etadi.
OAV qayd etişiça, Rossiya 2000-yillarning örtalarida, AQŞ buni töxtatgandan söng, Venesuela uçun asosiy qurol-yaroğ yetkazib beruvçilardan biriga aylangan. Bu sohadagi şartnomalarning umumiy qiymati taxminan 14,5 milliard dollar bölgan. Bunda RF hukumati Karakasga texnikani kreditga oliş imkonini bergan va qarzlarni tölaş muddatlarini keçiktirgan.
Rossiyadan Venesuelaga yetkazib berilgan qurollar orasida samolyotlar, vertolyotlar, yerusti harbiy texnikasi, şuningdek HHM tizimlari ham bölgan. Jumladan, S-300 zenit-raketalar majmuasi, “Buk”, sovet davridan qolgan “Peçora-2M” ZRKning modernizatsiya qilingan turlari va köçma “Igla” zenit-raketa majmualari.
2025 yil may oyida Nikolas Maduro Moskvaga taşrif buyurib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga strategik şeriklik töğrisidagi şartnomani imzolagan. Hujjat, boşqa narsalar qatori, “ikki mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş va xavfsizligini ta’minlaş manfaatlarida” harbiy-texnik hamkorlikni nazarda tutgan.
“Mutlaq qat’iyat” deb nomlangan AQŞ operatsiyasi Venesuelada 3 yanvarga ötar keçasi bölib ötgan. OAV ma’lumotlariga köra, unda Venesuelaning şimolidagi obektlarga, jumladan Karakasga zarbalar beriş uçun 150 dan ortiq samolyot va uçuvçisiz apparatlar jalb qilingan.
Tahlilçilar operatsiya paytida AQŞ aviatsiyasi deyarli heç qanday qarşilikka uçramaganini ta’kidlaydi: faqat bitta vertolyot şikastlangani haqida xabar berilgan. Bu AQŞ Venesuela generallarini pora bilan öziga oğdirgan bölişi mumkin, degan taxminlarga sabab böldi, ammo bunday nazariyalar uçun dalillar yöq.
Şu bilan birga, Venesuela harbiylari Karakas yaqinidagi aviatsiya hablarida uçiş-qöniş yölaklarini tösib qöygani ma’lum. Bu harakatlar AQŞ ehtimoliy okkupatsiya urinişida desant tuşirilişining oldini olişi mumkin edi. Biroq keyinroq ma’lum bölişiça, AQŞ operatsiyasining maqsadi aynan Maduroni qölga oliş bölgan. Şuning uçun “Delta” maxsus kuçlari avvaldan repetitsiya qilingan ssenariy böyiça vertolyotlardan töğridan töğri Venesuela rahbarining rezidensiyasi yoniga tuşirilgan. Natijada Maduro xotini bilan birga qölga olingan va AQŞga olib çiqib ketilgan, u yerda juftlik narkotrafik (giyohvand moddalar savdosi) ayblovlari böyiça sudga keltirildi. Maduro özini aybsiz deb e’lon qilgan.













