Ayrim nazorat qiluvçi organlar tadbirkorlarga nisbatan çora körişda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks talablariga amal qilmasdan, vakolat doirasidan çetga çiqmoqdalar. Bu haqda Biznes-ombudsman Abdumannop Böriyev xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Farğona viloyatidagi ayrim inspeksiyalarning mansabdor şaxslari tomonidan tadbirkorlarga nisbatan rasmiylaştirilgan hujjatlar sudlarga yuborilmasdan, özboşimçalik bilan körib çiqilgan va jazo qöllaş töğrisida qarorlar qabul qilingan. Biznes-ombudsman tomonidan kiritilgan xulosalar asosida 8 ta holatda yöl qöyilgan qonun buzilişlari bartaraf etilgan va inspeksiya tomonidan noqonuniy çiqarilgan ma’muriy qarorlar bekor qilingan. Işning boşqa tafsilotlari xabarda keltirilmagan.
Ta’kidlanişiça, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 245-moddasi 3-bandida jinoyat işlari böyiça sudlar yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning xodimlari, yuridik şaxs bölgan tadbirkorlik sub’yektlarining mansabdor şaxslari va (yoki) boşqa xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş çoğida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqişi belgilangan.
«Agar tadbirkorlik faoliyatingizga asossiz aralaşiş yoki vakolati bölmagan organlar tomonidan jazo çoralari qöllaş holatiga duç kelsangiz, Biznes-ombudsmanga murojaat qiling», deyiladi xabarda.












