DXX xabariga köra, tezkor tadbir xizmatning Farğona viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan.
Tadbirda Danğara tumanida faoliyat yurituvçi turfirma xodimi Umra ziyoratini taşkil etiş uçun tegişli litsenziya mavjud bölmasa-da, fuqarolarni Saudiya Arabistoniga yuborişni taklif qilgani aniqlangan. U söralgan mablağning bir qismini olayotganda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda mazkur şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.
Xabarda belgilangan tartiblarga rioya qilmay taşkil etilgan safarlar oqibatida ayrim fuqarolar xorijda qiyinçiliklarga duç kelayotgani qayd etilgan.
DXX fuqarolardan şu kabi qonunbuziliş holatlari haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berişni söragan. Murojaat qiluvçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanişi bildirilgan.

















