Unga köra, 2026-2027 yillarda Malayziya va Indoneziyadan "ziyorat turizmi" “ziyorat turizmi” yönalişida sayyohlar oqimini 100 ming nafarga yetkaziş böyiça "yöl xaritasi" tasdiqlandi.

Qarorda belgilanişiça, 2026 yil yakuniga qadar Turizm qömitasi tomonidan Malayziya va Indoneziyadan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uçun 100 AQŞ dollari miqdorida subsidiya ajratiladi.

Malayziyalik va indoneziyalik sayohatçilarning Ramazon hayiti va Qurbon hayiti bayramlarini Özbekistonda ötkazişi yuzasidan çoralar köriladi. Malayziya va Indoneziyada “Imom Buxoriy izidan” va “Ramazonni Özbekistonda ötkaz” tematik turizm tarğiboti kampaniyalari taşkil etiladi. Malayziyaning musulmon aholisi köp bölgan hududlarida ziyorat turizmi böyiça alohida roadşoular taşkil etiladi.

“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi doirasida Toşkent şahri va Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi obektlarni öz içiga olgan turizm maşrutlari işlab çiqiladi.

Transport vazirligi TIV va Turizm qömitasi bilan birgarlikda 2 hafta muddatda dastur uçun mahalliy yoki xorijoy aviakompaniyaning 10 ta aviabortini, şu jumladan ijaraga oliş orqali jalb qilişni ta’minlaydi. Şuningdek, Kuala Lumpur—Samarqand—Kuala Lumpur va Kuala Lumpur—Buxoro—Jidda— Kuala Lumpur hamda Jakarta—Samarqand—Jidda—Jakarta va Jakarta—Buxoro—Jidda—Jakarta turistik marşrutlari böylab aviqatnovlarni raqobatdoş narxlarda işlab çiqilişini hamda dasturda iştirok etuvçi turkompaniyalarga taqdim etilişini ta’minlaydi.