Qarorga muvofiq, “Farğona” turistik-rekreatsion zonasi (turistik zona) hududning turizm salohiyatini oşiriş, servis xizmatlarini kengaytiriş va yangi iş örinlari yaratişga qaratilgan loyihalarni bir tizimda yölga qöyiş uçun taşkil etiladi. Turistik zona 30 yil muddatga ta’sis etilib, keyinçalik uning faoliyat muddatini uzaytiriş imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Hujjatda agroturizm yönalişiga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Farğona tumanida “Vodil” malina agroturizm klasterini turistik obektga aylantiriş uçun zarur infratuzilma yaratiş belgilangan. Bu jarayonga salohiyatli tadbirkorlarni jalb etgan holda, malina boğlari (plantatsiyalari) hududida yengil konstruksiyali xizmat körsatiş obektlari taşkil etilişi közda tutilgan.

Şuningdek, 2026–2027 yillarda Yozyovon tumanida Markaziy Farğona suv ombori atrofidagi yer maydonlarida turizm xizmatlarini taşkil etiş orqali iş örinlari yaratiş rejalaştirilgan. Bu hududlarda dam oliş, xizmat körsatiş va turizm infratuzilmasini bosqiçma-bosqiç şakllantiriş maqsad qilingan.

Qarorda yana bir muhim yönaliş sifatida Farğona tumanidagi “Sanoat” va “Hosilot” MFY hududlarida xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasi asosida malina plantatsiyalarini taşkil qiliş, muzlatkiçlar hamda çuqur qayta işlaş sexlarini quriş orqali agroturizm xizmatlarini yölga qöyiş belgilangan.

Mazkur taşabbuslar hududda turizm va agrosanoat kooperatsiyasini kuçaytiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş hamda mahalliy aholi bandligini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.