Yanvar–sentabr oylarida mamlakatning taşqi savdo aylanmasi 65,4 milliard dollarni taşkil etgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,9 milliard dollar yoki 6,3 foizga köp.
Hisobot davrida eksport hajmi 25,8 milliard dollarga teng bölgan. Import esa 39,6 milliard dollarga yetgan.
Umumiy eksport kamaygan bölsa-da, oltinni hisobga olmaganda, tovarlar eksporti 31,6 foizga ösgan. Uning qiymati 13,3 milliard dollarni taşkil etgan.
Töqqiz oy davomida Özbekiston dunyoning 200 dan ortiq mamlakati bilan savdo qilgan.
Taşqi savdo aylanmasida eng katta uluş Xitoy hissasiga töğri kelgan - 23,2 foiz. Keyingi örinlarni Rossiya - 16 foiz, Qozoğiston - 6,5 foiz, Turkiya - 3,4 foiz va Afğoniston - 2,4 foiz bilan egallagan.












