Angliya: Holandsiz ham uddaladi
«Mançester Siti» – «Vulverhempton» 2:0
Gollar: Marmuş, 6 (1:0). Semenyo, 45+2 (2:0)
«Mançester Siti»: Donnarumma, Gehi, Husanov, ÖRayli, Mateus Nunes, Rodri, Reynders (Foden, 61), Bernardu Silva, Şerki (Holand, 73), Semenyo, Marmuş (Doku, 74)
«Vulverhempton»: Joze Sa, S. Bueno, Kreyçi, Moskera, Andre, Gomes, Mane, U. Bueno, Çaçua (Gomeş, 46), Arias (Larsen, 46), Hvang Hi Çhang (Arokodare, 71)
Ogohlantirişlar: Mateus Nunes, 71 – Andre, 57. Gomes, 67. Moskera, 88
Murakkab davrni boşdan keçirayotgan «Mançester Siti» APL autsayderiga qarşi öyinda öziga kelib oldi. «Börilar» ham sönggi vaqtlarda yaxşi öynay boşlagan, sönggi beş öyinda yutqazmagan, «MYu» va «Nyukasl»ga qarşi öyinlarda durangga erişgandi. «Şaharliklar» tezkor gol urişdi – Afrika kubogidan qaytgan Marmuş joriy mavsumdagi ilk goli bilan hisobni oçdi. Misrlik hujumçining jamoadagi barça gollari (8) «Etihad»da urilmoqda.
YeÇLning yakuniy turi oldidan dam berilgan Holand bu voqeani zaxira örindiğida ötirib kuzatdi va faqat ikkinçi bölimning ikkinçi yarmida maydonga tuşirildi. Bu vaqtga kelib hisob 2:0 körinişini olib bölgandi, birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Semenyo «Siti»ning ustunligini ta’minlagandi. «Bornmut»dan transfer qilingan uşbu yangi futbolçi uçta içki turnirda gol urişga ulgurdi. Şu kuni jamoaning qişki transferlardagi yana bir futbolçisi Mark Gehi ham debyutini amalga oşirdi. Angliya milliy jamoasi futbolçisi himoya markazida mustahkam örin egallagan Abduqodir Husanov bilan juftlikda harakat qilişni boşladi. Yakunda mezbonlar ustunlikni saqlab qolişdi va bu jamoaning APLda yil boşidan buyon ilk ğalabasiga aylandi.
«Bornmut» – «Liverpul» 3:2
Gollar: Evanilson, 26 (1:0). Ximenes, 33 (2:0). van Deyk, 45 (2:1). Soboslai, 80 (2:2). Adli, 90+5 (3:2)
«Bornmut»: Petroviç, Senesi, Hill, Tryuffer, Smit, Kuk, Skott, Krupi (Kristi, 67), Adli, Ximenes (Tot, 85), Evanilson (Enes Yunal, 90+3)
«Liverpul»: Alisson, Gomes (Endo, 35), van Deyk, Kerkez (Roberson, 46), Frimpong (Jons, 59), Makallister (Ekitike, 59), Gravenberh, Virs, Soboslai, Saloh, Gakpo (Ngumoxa, 74)
Ogohlantirişlar: Krupi, 45 – Gravenberh, 90
«Liverpul» öyinning dastlabki yigirma daqiqasida şunday öyin körsatdiki, muxlislar jamoa inqirozdan butkul çiqib ketganiga işona boşlaşdi. Ammo «Bornmut»ning ilk jiddiy hujumi Evanilson hisobni oçişi bilan yakunlandi. Töp jarima maydoni içiga yetkazib berilganida van Deyk qöpol xatoga yöl qöydi va Skott töpni qulay vaziyatda turgan braziliyalik forvardga taşlab berdi. Keyin esa yozda «Bornmut»dan Liverpulga ötgan Kerkez sobiq jamoasiga yordam berib yubordi, u sun’iy ofsayd hosil qilişda xatoga yöl qöydi va Ximenes hisobdagi farqni oşirdi.
Bu vaziyatda mezbonlar ön kişi bölib öynayotgandi: birinçi gol urilgan hujum vaqtida himoyaçi Gomes jarohat olgandi, mersisaydliklar esa uning örniga Endoni tuşirişga ulgurmadi.
Faqat tanaffus arafasida van Deyk aybini qisman yuvib, Soboslai burçakdan oşirgan töpni boşi bilan raqib darvozasiga yölladi. Ikkinçi bölimda esa vengriyalik yarimhimoyaçi jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni tenglaştirdi. Soboslai joriy mavsumda jarima maydoni taşqarisidan urilgan gollar soni (5) böyiça Foden bilan tenglaşib oldi. Ammo bu natija uçun yetarli bölmadi. Öyinga qöşib berilgan törtinçi daqiqa tugayotganida mehmonlar jarima maydoni içidagi tartibsizlikdan Adli foydalanib, jamoasiga ğalaba keltirdi.
Bu mağlubiyat «Liverpul»ning turnir jadvalidagi holatini oğirlaştiradi. Jamoa yakşanba kungi öyinlar natijalariga köra kuçli törtlikdan çiqib ketişi mumkin: nazariy jihatdan «MYu» va «Çelsi» Arne Slot şogirdlarini quvib ötiş, «Nyukasl» va «Brentford» oçkolar soni böyiça tenglaşib oliş imkoniyatiga ega. «Fulhem» ham maksimal darajada yaqinlaşib kelgan.

Ispaniya: Mbappe Diasga dars ötdi
«Vilyarreal» – «Real» 0:2
Gollar: Mbappe, 47 (0:1). Mbappe, 90+4 – penalti (0:2)
«Vilyarreal»: Luis Junior, Foyt (Marin, 24), Veyga, Pedrasa, Navarro, Parexo (Parti, 77), Guyye, Moleyro, Byukenen (Pepe, 70), Moreno (Oluvaseyi, 70), Mikautadze (Peres, 77)
«Real»: Kurtua, Raul Asensio, Hausen, Karreras, Valverde, Kamavinga, Bellinghem, Arda Guler (Dias, 80), Vinisius Junior, Mastantuono (Garsiya, 74), Mbappe
Ogohlantirişlar: Foyt, 2. Byukenen, 51. Navarro, 57 – Mastantuono, 62
La liganing ikkinçi va uçinçi örindagi jamoalari örtasidagi uçraşuvga qiziqiş yuqori edi. Raqiblar kutilganidek yuqori temp namoyiş etişdi va navbat bilan qiziqarli hujumlar uyuştirişdi. Şu bilan birga, bu hujumlarni yakunlaşda muammolar kuzatildi, madridliklar dastlabki 45 daqiqalikda Kurtua darvozasi tomon birorta zarba töğri borişiga yöl qöyişmadi. Tanaffus arafasida Vinisius Junior golga yaqin keldi, ammo uning olis burçak tomon yöllagan zarbasidan keyin töp ustun yonginasidan ötib ketdi.
Bu vaqtga kelib «Vilyarreal» asosiy himoyaçisi Foytdan ayrilgandi. Kuzda ham uşbu argentinalik jarohat tufayli bir oy maydonga tuşa olmagandi, bu safargi jarohati esa jiddiyroq bölib çiqişi mumkin – u maydonni şifokorlarga tayangança tark etdi. Foytsiz qolgan mezbonlar ikkinçi bölim boşida gol ötkazib yuborişdi, himoyaçi Vinining maydon çiziğidan uzatgan pasini tösişda muvaffaqiyatsiz harakat qildi va töp qulay pozitsiyada turgan Mbappega borib tuşdi. Biroz ötib «sariq submarinalar» öta qulay imkoniyatni qöldan çiqardi – Jyerar Moreno jarima maydoni markazida turib yöllagan zarba tösin yuqorisidan ötib ketdi.
Şundan keyin madridliklar raqibga hujumda heç qanday imkon qoldirmadi, Mbappe esa öyinga qöşib berilgan daqiqalarda penalti işlab, çempionatdagi 21-golini panenka uslubida ijro etdi. Translatsiya rejissyorlari Afrika kubogi finalida röy bergan dramani yodga olib, Kilian golini Braim Diasni quçoqlagança nişonlayotganini yirik planda körsatişdi. Öyindan keyin fransuz hujumçisi bu golini uşbu jamoadoşiga bağişlaganini tan oldi. Bu ğalabadan keyin «Real» kamida yakşanba kungi öyinlar yakuniga qadar turnir jadvalining birinçi poğonasida qoladi.

Italiya: «Komo» «quturdi»
«Komo» – «Torino» 6:0
Gollar: Duvikas, 8 (1:0). Baturina, 16 (2:0). Da Kunya, 59 – penalti (3:0). Duvikas, 66 (4:0). Kyun, 70 (5:0). Kakere, 76 (6:0)
«Komo»: Byute, Kempf, Ramon, Vale, Voyvoda, Perrone (Kakere, 68), Da Kunya, Pas (Moreno, 73), Baturina (Serji Roberto, 68), Rodriges (Kyun, 68), Duvikas (Smolçiç, 73)
«Torino»: Paleari, Ismayli (Maripan, 21), Koko, Tamez (Obrador, 67), Amirxan Ilhan (Andjorin, 67), Kazadei, Lazaro, Pedersen, Vlaşiç, Adams, Ngonge (Sapata, 67)
Ogohlantiriş: Pedersen, 17
Bir hafta oldin «Milan»ga qarşi öz uyida yutqazgan (1:3) Sesk Fabregas jamoasi özini yöqotib qöymadi. Yevrokuboklar yöllanmasi uçun kuraşayotgan (5-örin) «Komo» YeÇLda qatnaşiş uçun ham real da’vogar bölib qolmoqda. Uşbu jamoa ötgan turda Rimda keçgan öyinda «Latsio»ni yirik hisobda taslim etgandi (3:0). Bu turda esa «Torino»ga qarşi öyin taqdiri birinçi bölimning dastlabki qismidayoq aniq bölib ulgurdi.
Hisobni oçgan Duvikas maydonning ikkinçi qismidan reyd uyuştirib, darajadagi farqni yaqqol namoyiş etdi. Turinliklar himoyasidagi ketma-ket xatolar biroz ötib Baturin ikkinçi golni urişi bilan yakunlandi. Ikkinçi bölimda uşbu xorvatiyalik yarimhimoyaçi Duvikasning dubliga hammualliflik qildi. Ikkinçi bölimda Kyun va Kakre ham uzoq masofadan yöllagan zarbalari bilan turning eng çiroyli gollarini urişdi.
Umuman, şu kuni mezbonlar raqiblar darvozasini jami 6 bor işğol etişdi va turnir jadvalidagi raqobatçilarning yakşanba kungi öyinlari yakuniga qadar top-4 dan ikki oçkolik masofada bölişadi. 22 turdan keyingi 40 oçko – jamoa tarixidagi rekord körsatkiçdir. «Torino» esa öz tarixida ilk bor bir mavsumda bir jamoaning özidan 11 gol ötkazib yubormoqda – uşbu jamoalarning birinçi davradagi öyinida 1:5 hisobi qayd etilgandi.

Germaniya: «Bavariya»da qoqiliş
«Bavariya» – «Augsburg» 1:2
Gollar: Ito, 23 (1:0). A. Çaves, 75 (1:1). Massengo, 81 (1:2)
«Bavariya»: Urbig, Kim Min Je (F. Çaves, 85), Ta, Ito (Bişof, 79), Deyvis (Kimmix, 61), Goretska (Jyekson, 79), Pavloviç, Karl (Musiala, 61), Dias, Olise, Keyn
«Augsburg»: Damen, Şlotterbek, Tseziger, A. Çaves (Volf, 85), Massengo, Rejbeçay (Kaytel, 74), Yannulis, Fellhauer, Klod-Moris, Rider (Kemyur, 74), Kade (Essende, 63)
Ogohlantiriş: Ta, 73
Bundesligada turning asosiy voqeasi – «Bavariya»ning mağlubiyati böldi, myunxenliklar şu kungaça «Alyans Arena»da mavsum boşidan buyon yutqazmayotgan, umuman olganda, jamoaning öz uyidagi mağlubiyatsiz seriyasi 27 turdan buyon davom etayotgandi. Myunxenliklar bir oy oldin ham fiaskoga yaqin kelişgandi, ammo «Mayns»ga qarşi öyinda mağlubiyatdan qutulib qolişgandi (2:2). Bu safar esa magiya limiti tugab qolgani ma’lum böldi va sönggi daqiqada Olisening Robben uslubidagi zarbasidan keyin töp tösin va ustun birlaşgan nuqtaga bordi.
Birinçi bölim örtalarida uning uzatmasi bilan Uto hisobni oçgandi. Ammo ikkinçi bölimning ikkinçi yarmida mezbonlar safida Noyyer örniga darvozani qöriqlagan Urbig töpga çiqişda qöpol xatoga yöl qöydi va hisob tenglaşdi. Bir neça daqiqa ötib esa mezbonlar safida zaxiradan tuşgan ikki taniqli futbolçi himoyada xatoga yöl qöyişdi: Kimmih golli pas muallifi Yannulisni töxtata olmadi, keyin esa oğir jarohatdan tuzalib, endi safga qaytayotgan Musiala gol muallifi Massangoga qarşi öynay olmadi. «Augsburg» bir neça daqiqa içida öyinda buriliş yasab, Myunxenda 2015 yil mayidan buyon ilk ğalabasiga erişdi.
«Union» B – «Borussiya» D 0:3
Gollar: Emre Jan, 10 – penalti (0:1). Şlotterbek, 53 (0:2). Bayyer, 84 (0:3)
«Union» B: Rennov, Kverfeld, Diogu Leyte (Şefer, 76), Duki, Kemlyayn (Berk, 76), Xedira, Yuranoviç (Nsoki, 66), Xaberer (Trimmel, 86), Çon U Yen, Iliç, Ansa (Burju, 66)
«Borussiya» D: Kobel, Anton, Şlotterbek, Emre Jan (Anselmino, 69), Bellinghem, Nmeça (Mane, 90+3), Svensson, Ryuerson (Özjan, 90+3), Silva (Çukvuemeka, 79), Bayyer, Girassi
Ogohlantirişlar: Emre Jan, 59
Bundesligada kunning sönggi öyini «Borussiya»ning tezkor goli bilan boşlandi. Girassi darvozabonni öziga qöpollik işlatişga majbur qildi, Emre Jan esa qatorasiga ikkinçi turda penaltini aniq ijro etdi. Ikkinçi bölim boşida dortmundliklar öz uslubida gol urişdi. Ryuersonning burçakdan uzatmasidan keyin Şlotterbek hisobdagi farqni oşirdi. Öyin oxiriga borib Bayyer Job Bellinghemning uzatmasidan keyin hisobni yirik körinişga keltirdi.
«Asalarilar» «Bavariya» bilan oradagi farqni sakkiz oçkogaça qisqartirdi. Çempionlik intrigasi haqida gapirişga hali erta. Myunxenliklarning bu mavsumdagi yagona raqibi – ularning özi. Öz navbatida «Borussiya» eng yaqin ta’qibçisi bilan oradagi farqni olti oçkoga yetkazdi. Niko Kovaç şogirdlari qatorasiga töqqiz öyina darvozasi daxlsizligini saqlab qolmoqda.













