Xitoyning eng yuqori martabali generali Çjan Yusya mamlakatning yadroviy qurol dasturi haqidagi ma’lumotlarni AQŞga sizdirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda yuqori darajadagi yopiq brifing bilan taniş bölgan manbasiga tayanib Wall Street Journal naşri ma’lumot berdi.

Mazkur brifing 24 yanvar kuni ertalab harbiylarning eng yuqori lavozimli amaldorlari iştirokida ötkazilgan. Undan sal oldin Xitoy Mudofaa vazirligi general Çjan Yusya va Boş ştab rahbari Lyu Çjyenliga nisbatan tergov boşlanganini e’lon qilgan. Rasmiy bayonotda partiya intizomi va davlat qonunlarini jiddiy buziş holatlari tergov qilinayotgani aytilgan, ammo tafsilotlar keltirilmagan.

Brifing tafsilotlaridan xabardor şaxslarning aytişiça, Çjan siyosiy guruhlar tuziş, ya’ni partiya birligini zaiflaştiruvçi ta’sir tarmoqlarini şakllantirişda, Kommunistik partiyaning eng yuqori harbiy qaror qabul qiluvçi organi bölgan Markaziy harbiy kengaşdagi vakolatlarini suiiste’mol qilişda gumon qilinmoqda.

General Çjan Yusya Bayden davridagi AQŞning sobiq Milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyek Sallivanni qabul qilmoqda / Foto: New York Times

Rasmiylar, şuningdek, Çjanning harbiy texnika va qurol-yaroğlarni tadqiq etiş, işlab çiqiş va xarid qiliş uçun mas’ul bölgan qudratli idora ustidan nazoratini ham tekşirmoqda. Brifing bilan taniş manbalarga köra, Çjan aynan uşbu milliardlab mablağlar aylanadigan tizimda lavozim beriş evaziga ulkan miqdorda pora olganlikda ayblanmoqda.

Manbalarning aytişiça, yopiq brifingda oşkor qilingan eng şov-şuvli ayblov – Çjan Xitoyning yadroviy qurollariga oid asosiy texnik ma’lumotlarni AQŞga uzatgani haqidagi da’vo bölgan.

Çjanga qarşi ayrim dalillar Xitoy Milliy yadroviy korporatsiyasining sobiq boş direktori Gu Jundan olingan. Bu davlat kompaniyasi Xitoyning fuqarolik va harbiy yadroviy dasturlarining barça jihatlarini nazorat qiladi. Pekin ötgan duşanba kuni Guga nisbatan ham partiya intizomi va davlat qonunlarini jiddiy buziş gumoni bilan tergov boşlanganini e’lon qilgandi.

Şanba kungi brifingda rasmiylar Guga oid tergov Çjanni Xitoy yadroviy sektoridagi xavfsizlik buzilişi bilan boğlab qöyganini bildirgan. Biroq mazkur buziliş tafsilotlari oçiqlanmagan.

Gu Jun / Foto: ChinaDaily

Brifingda Çjanning qulaşiga uning sobiq mudofaa vaziri Li Şanfuni lavozimga kötarişda tutgan roli ham boğlandi. Manbalarga köra, Çjan – Li Şanfuning kötarilişiga katta poralar evaziga yordam bergan. Li Şanfuning özi ham 2023 yilda jamoatçilik közidan ğoyib bölgan va keyinçalik mudofaa vaziri lavozimidan olingan edi.

Xitoyning Vaşingtondagi elçixonasi vakili Wall Street Journal'ga «Çjanga nisbatan tergov partiya rahbariyatining korrupsiyaga qarşi ‘töliq qamrovli va nol toqat’ siyosatini namoyiş etişini» aytgan.

Xitoy armiyasidagi keskin “tozalaş”

Si Jinpinning qurolli kuçlardagi «korrupsiya va sadoqatsizlikka qarşi navbatdagi zarba»si Mao Szedun davridan beri Xitoy harbiy rahbariyatiga nisbatan eng keskin «tozalaş» hisoblanadi.

Si kabi partiya a’zosi bölgan Çjan ham Xitoyda «şahzodalar» deb ataladigan — inqilobiy yetakçilar va yuqori martabali amaldorlar avlodiga mansub. Çjanning otasi Xitoy fuqarolar uruşi davrida Si Jinpinning otasi bilan yonma-yon jang qilgan. Keyinçalik ikkalasi ham yuqori lavozimlarga kötarilgan.

Xitoy rahbari Si Jinping, general Çjan va boşqa rasmiylar 2024 yilda eski inqilobiy bazaga taşrif buyurmoqda. Foto: Xinhua / Getty Images

Manbalarga köra, rasmiylar tergovga jalb qilgan ikki general bilan birga xizmat pillapoyasidan kötarilgan zobitlarning mobil qurilmalarini allaqaçon musodara qilgan. Bu esa ular bilan aloqador minglab zobitlar ham potensial nişonga aylanganini anglatadi.

Xitoy siyosiy tizimining yopiq tabiati Sining uzoq yillik ittifoqçisini armiyadan çetlatişdagi asl motivlarini aniq anglaşni qiyinlaştiradi.

Şunga qaramay, Xitoy armiyaning asosiy naşri PLA Daily – Çjanga qarşi işda siyosiy omillar muhim ekanini yozdi. Gazeta uni Markaziy harbiy kengaş raisi hokimiyatining asoslarini «jiddiy ravişda poymol qiliş va izdan çiqarişda» aybladi. Bu esa «Çjan – Si Jinpingdan taşqari haddan taşqari katta mustaqil hokimiyatga ega bölganini» anglatadi, deydi ASPI’ning milliy xavfsizlik böyiça katta ilmiy xodimi Lil Morris.

Sabablardan qat’i nazar, Çjanni çetlatiş qarori - Sining «harbiylar ustidan hokimiyatini mustahkamlab bölganiga işonçi baland» ekanini körsatadi. «Bu zaiflik emas, balki kuç alomati», dedi Morris.

Xitoy armiyasining jangovar salohiyatiga salbiy ta’sir kutilmoqda

Xitoy bilan boğliq siyosiy xatarlar böyiça konsalting kompaniyasi rahbari Kristofer Jonsonning naşrga aytişiça, bu qadam «Xitoy harbiylari tarixida misli körilmagan va oliy qömondonlikning töliq yöq qilinişini» anglatadi. Jonson – AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasida yigirma yil işlagan va Xitoy böyiça yetakçi tahlilçi bölgan.

«Si ilk yillarida faol xizmatdagi yuqori martabali generallar va strategik raketa qöşinlari kabi muhim tuzilmalarga tegmaslikka harakat qilgan. Keyinçalik bu imkonsiz ekanini anglab yetdi va hozirgi qadam şu jarayonning yakuniy bosqiçidir», deydi Jonson.

Manbalarga köra, Si bu harakatlari bilan korrupsiya va davlat sirlarining foş etilişi – uning Tayvan ustidan nazoratni qölga kiritiş maqsadiga tahdid ekanini anglatmoqda.

General Çjan oldingi qatorda va Markaziy harbiy Kengaşning boşqa a’zolari 2023 yilda Butunxitoy xalq vakillari yiğilişida / Foto: NYT

Biroq ayrim tahlilçilar yuqori poğonadagi bu böşliqlar jangovar salohiyatga salbiy ta’sir körsatişini aytgan. Xususan, 2023 yil yozidan beri partiya Xitoy armiyasi, havo kuçlari, dengiz floti, strategik raketa qöşinlari va harbiylaştirilgan politsiya, şuningdek yirik harbiy okruglarda yuqori martabali zobitlarni lavozimidan çetlatib kelmoqda. WSJ körib çiqqan rasmiy ma’lumotlarga köra, sönggi 2,5 yil içida 50 dan ortiq yuqori martabali harbiy va mudofaa sanoati rahbarlari tergovga tortilgan yoki lavozimidan olingan.

Markaziy harbiy kengaş 2022 yil hozirgi muddatini boşlaganida olti nafar professional harbiy a’zoga ega edi. Bugun esa faqat bitta faol zobit — general Çjan Şenmin qolgan. U faqat oktabr oyida rais örinbosari etib tayinlangan va jangovar tajribaga ega emas: faoliyatining asosiy qismini siyosiy zobit va intizom nazoratçisi sifatida ötkazgan.

Yana bir tahlilçi Taylor Fravel WSJ’ga Xitoy armiyasini boşqarişda yuqori poğonadagi bu böşliq «çidab bölmas holatga» kelib qolganini aytgan. Uning qöşimça qilişiça, bu holat «yaqin va örta muddatda Xitoy Ozodlik Armiyasining yirik va murakkab harbiy amaliyotlarni amalga oşiriş tayyorgarligiga, albatta ta’sir körsatadi».