Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etgan yuz minglab Rossiya askarlariga Yevropa Ittifoqi davlatlariga kiriş taqiqlanişi mumkin. Tallinnning şunga oid taklifi Bryusselda allaqaçon körib çiqilmoqda, deb xabar qildi 29 yanvar, payşanba kuni Estoniya taşqi işlar vaziri Margus Tsaxkna, uning sözlarini dpa agentligi keltirdi.

YeI davlatlari vakillari uçraşuvida çiqiş qilar ekan, Tsaxkna öz qölidagi ma’lumotlarga tayanib, RF Qurolli kuçlarining köplab harbiylari Ukrainadagi uruş tugaganidan keyin Yevropaga kelişni xohlaşini aytdi. “Bu juda xavfli odamlar”, — deya ta’kidladi Estoniya vaziri.

Dpa tanişgan taklifga ilova qilingan hujjatlarga köra, 2022 yildan beri Ukrainadagi jang harakatlarida taxminan 1,5 million rossiyalik iştirok etgan, ularning taxminan 640 ming nafari hozir ham uruşda. Hujjatlarda: “Ularning umumiy xususiyatlari — jang tajribasi va zöravonlikni qöllaş, şu jumladan Ukraina aholisiga qarşi ehtimoliy harbiy jinoyatlar va boşqa vahşiyliklarda iştirok etgan bölişi mumkinligi”, — deyiladi.

Taşabbus mualliflari ogohlantirişiça, Rossiya harbiylarining YeIga ehtimoliy kirişi va u yerda bölişi “nafaqat zöravonlik harakatlari sodir etilişi xavfi bilan boğliq, balki uyuşgan jinoyatçilik, ekstremist guruhlar va duşman davlat tuzilmalari butun Yevropa böylab mustahkamlanişi va tarqalişi mumkin bölgan muhim kanal” ham hisoblanadi. Şuningdek, ayrimlari jinoiy ötmişga ega bölgan uruş iştirokçilari RF maxsus xizmatlari tomonidan osonlikça yollanişi mumkinligi qayd etilgan.

Şu sababli Tallinn YeI va Şengen kelişuviga a’zo barça davlatlar Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan RFning barça fuqarolari uçun YeIga kirişni töliq taqiqlaşni, şuningdek ularga viza va yaşaş ruxsatnomasi berişni rad etişni talab qilmoqda.

Politico naşri noma’lum YeI diplomatiga tayanib yozişiça, Yevropa Ittifoqi davlatlari Estoniya intilişini “ma’naviy jihatdan” qöllab-quvvatlaydi, ammo köplab mamlakatlar uçun bunday taqiqni amalga oşiriş qiyin böladi. Ayrim davlatlarga Ukrainaga keng kölamli bosqinda iştirok etgan har bir şaxsni alohida röyxatga kiritiş va bu qarorni tasdiqlaydigan dalillarni töplaş talab etilişi mumkin.