Donald Trampning AQŞ prezidenti sifatidagi ikkinçi muddati boşlanişiga 4 kun qolganda, Birlaşgan Arab Amirliklari bilan aloqador investitsiya firmasi Tramplar oilasiga tegişli kriptovaluta kompaniyasining 49 foiz uluşini 500 mln dollarga sotib olgan. Bu haqda The Wall Street Journal suriştiruvida söz boradi.
Gap kriptoaktivlar bilan şuğullanuvçi World Liberty Financial nomli vençur kompaniya haqida ketmoqda – bu kompaniyaga prezident Tramp va uning Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiv Uitkoffning oila a’zolari asos solgan. Uning salkam yarmini arablarga aloqador firmaga sotiş haqidagi bitimni prezidentning öğli Erik Tramp imzolagan.
Tramplar oilasi va BAAga aloqador investorlar örtasidagi biznes hamkorlik – prezident atrofidagi ehtimoliy manfaatlar töqnaşuviga oid yangi savollarni örtaga çiqaryapti.
WSJ manbalarining sözlari va naşr örgangan hujjatlarga köra, BAAning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi, mamlakatning suveren boylik jamğarmasi raisi, qirollik oilasidan bölmiş Şayx Tahnun bin Zoid Ol Nahayonning vakillari kompaniyadagi uluş uçun oldindan tölov qilgan. Bunda, 187 mln dollar Tramplar oilasiga qaraşli korxonalarga, kamida 31 mln dollar esa Uitkofflar oilasi korxonalari hisobiga tuşgan.
“Bu kelişuvning Amerika siyosati uçun misli körilmagan jihati şundaki, xorijiy davlat rasmiysi hokimiyatga kelayotgan AQŞ prezidentining kompaniyasida katta uluşdorga aylangan”, deb yozadi naşr.
Qayd etilişiça, Şayx Tahnun muqaddam AQŞdan eng kuçli sun’iy intellekt çiplarini sörab kelgan, lekin aynan Tramplar kompaniyasiga qilingan investitsiyadan bir neça oy ötib, BAA Amerikaning qattiq qöriqlanadigan sun’iy intellekt çiplariga kiriş huquqini olgan.
“Bayden ma’muriyati davrida Tahnunning SI çiplarini qölga kiritişga urinişlari – bu nozik jihozlar Xitoyga uzatilişi mumkinligi haqidagi xavotirlar sabab rad etib kelingan. Xususan, bunday xavfsiraşga asoslardan biri şunda ediki, Tahnunning SI bilan şuğullanuvçi G42 kompaniyasi Xitoyning sanksiya ostidagi Huawei va boşqa kompaniyalari bilan aloqa qilgan, şu sabab razvedka mulozimlari va qonunçilarda xavotir uyğotgan. Kompaniya 2023 yil oxirida Xitoy bilan aloqalarini uzganini aytgan bölsa-da, xavotirlar saqlanib qolayotgan edi”, – deb yozadi Wall Street Journal.
2025 yil noyabr oyiga kelib, AQŞ Savdo vazirligi Nvidia'ning eng zamonaviy SI çiplarini BAA kompaniyalariga eksport qilişga ruxsat bergan. Bu esa G42 kabi davlat bilan afillangan BAA kompaniyalariga Blackwell avlodidagi ön minglab çiplarni xavfsizlik va hisobdorlik şartlari asosida xarid qilişga yöl oçgan.
World Liberty aksiyalar xaridi bilan boğliq kelişuvni inkor qilmagan holda, bitimning SI çiplariga boğliqligini rad etdi.
“Bu kelişuv Administratsiyaning çiplarga oid harakatlariga boğliqligi haqidagi har qanday iddao – 100 foiz uydirma”, – deyiladi kompaniya izohida.
Jurnalistik suriştiruvga Oq uy ham munosabat bildirib, manfaatlar töqnaşuvi haqidagi xavotirlarni aritişga urindi.
“Prezident Tramp faqatgina Amerika xalqi manfaatlari yölida harakat qiladi, şu sababli ham feyk tarqatuvçi naşrlarning unga va uning bizneslariga doir bir neça yillik yolğonlari va soxta ayblovlariga qaramay, xalq uni lavozimiga qayta sayladi. Prezident Trampning aktivlari işonçli boşqaruvga berilgan va farzandlari tomonidan idora qilinadi. Manfaatlar töqnaşuvi yöq”, – dedi Oq uy matbuot kotibi Anna Kelli duşanba kungi bayonotida.
Oq uy maslahatçisi Devid Uorrington esa CNN'ga bergan izohida Stiv Uitkoffga nisbatan gumonlarni rad etdi.












