Butunrossiya himoya çora-tadbirlarini takomillaştiriş ilmiy-tadqiqot markazi rahbari, “Kub-M” yadroviy bunkerini işlab çiqqan Nikolay Posoxov hamda institut rahbarining örinbosari Igor Sosunov “yirik miqdorda pora olganlik” ayblovi bilan uşlangan. Bu haqda şanba, 31 yanvar kuni RBK agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, jinoyat işi böyiça dastlabki tergov doirasida tergov organlari suddan Posoxovni uy qamoğiga yuborişni, Sosunovni esa qamoqqa olişni söraydi. Bu haqda RBKga huquqni muhofaza qiluvçi idoralardagi ikki manba aytgan.

Agentlik suhbatdoşlari ma’lum qilişiça, Rossiya Tergov qömitasining Boş tergov boşqarmasi Moskvadagi Zamoskvoreçe tuman sudiga har ikki ayblanuvçiga nisbatan ehtiyot çorasini tanlaş haqida iltimosnoma yuborgan. Ularga 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tahdid solyapti. Ayblovning boşqa tafsilotlari va detallari keltirilmagan.

Avvalroq Nikolay Posoxov RBKga bergan intervyusida aytganidek, ilmiy institut modulli himoya inşooti — “Kub-M” ustida 2015 yilda, Rossiya FVV buyurtmasi asosida iş boşlagan. Uning standart töplami ikki moduldan iborat: 54 kişiga möljallangan joy (xona), texnik blok.

Seriyali işlab çiqariş 2024 yil kuzida Nijniy Novgorod viloyatining Dzerjinsk şahrida boşlangani ta’kidlanadi. Ma’lum qilinişiça, bu bunker himoyaning uç darajasini ta’minlaşi mumkin: boşpana — oddiy zarar yetkazuvçi vositalarning fugas (portlaş tölqini) va parça ta’siridan himoya, radiatsiyaga qarşi boşpana — radiatsiyadan himoya, töliq panohgoh — yadroviy, kimyoviy va biologik qurollardan himoya.

Posoxovning aytişiça, “Kub-M” maksimal komplektatsiyada zamonaviy raketalarning töğridan töğri zarbasidan ham himoya qilişga qodir — jumladan HIMARS raketasining bevosita urişiga qarşi ham, şuningdek yadroviy zarbaning oqibatlaridan ham muhofaza qilişi mumkin.