Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan töğridan-töğri muloqotsiz Ukraina böyiça hududiy masalani hal qilişning imkoni yöq, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Český rozhlas radiosiga bergan intervyusida.

Uning sözlariga köra, Kiyev Rossiya va AQŞ iştirokidagi turli şakllardagi muzokaralar uçun oçiq. Ammo davlat rahbarlari darajasidagi bevosita muloqot hududiy masalalarni muhokama qilişning asosiy şarti hisoblanadi. 

«Rossiya rahbari bilan kamida u yoki bu şaklda muloqot qiliş imkoniyatiga ega bölişimiz lozim. Busiz jamoalarimiz hududiy masalalarda kelişa olmaydi», — deb ta’kidladi Ukraina yetakçisi.

Zelenskiyning qayd etişiça, muzokaralar murakkab bosqiçda bölib, ularning yakuni aniq emas.  U şuningdek, tinçlik rejasi doirasida Rossiya bilan «hududlar almaşinuvi» haqidagi xabarlarga ham izoh berdi. 

«Bu haqda ayrim siyosatçilardan eşitdim, lekin prezident Trampdan emas», — dedi u.

AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning bildirişiça, Donbass masalasida Rossiya va Ukraina orasida hali ham «jarlik» bor, ammo muammolarning bir qismini markazlaştirişga erişildi.  

Moskva Donbass, Zaporijjya va Xersondan ukrain qöşinlari olib çiqib ketilişi, bu viloyatlar hamda Qrimni Rossiyaga tegişli deb tan olişni talab qilmoqda. Kiyev esa öz hududlarini Rossiyaga berib qöymasligini ta’kidlamoqda.