Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionati — millionlab insonlar orzu qiladigan voqea. O‘zbekistonlik bir bola uchun esa bu orzu Kia bilan birga ro‘yobga chiqishi mumkin. Tanlov g‘olibi va unga bir nafar katta yoshli hamroh bilan Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga unutilmas sayohat kutmoqda.

Tanlovning mukofot jamg‘armasi bir nafar g‘olib va bir nafar katta yoshli hamroh uchun Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga ikkita yo‘llanma, shuningdek, 2026 yil 23 iyun kuni Xyuston shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tadigan rasmiy o‘yin vaqtida to‘pni maydonga olib chiqish huquqini o‘z ichiga oladi.

Tanlovda 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishi mumkin.

Yo‘llanma bo‘yicha sayohat tarkibi:

• xalqaro va ichki aviaparvozlar;

• mehmonxonalarga joylashish;

• aeroport – mehmonxona – aeroport transferi;

• Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga chiptalar.

Ovqatlanish, shaxsiy xarajatlar, shuningdek, viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni ishtirokchilar o‘zlari to‘laydi. Sayohatni tashkil etish va g‘olibni kuzatib borish Kia tomonidan ta’minlanadi.

Ishtirok shartlari

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagilar talab etiladi:

● «Kia bilan birga Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga» mavzusida bolaning iste’dodini (har qanday turda) namoyon etadigan 15-30 soniyalik Reels formatdagi videorolik yaratish;

● Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bolaning vasiysi sahifasida tanlov tashkilotchisining @kia__uzbekistan rasmiy akkauntini belgilab, #KiaKidsFIFA2026 xeshtegini ko‘rsatgan holda videorolik joylashtirish;

● vasiyning aloqa ma’lumotlari va joylangan videoga havolani ko‘rsatgan holda www.kia.uz rasmiy veb-saytidagi ishtirokchi shaklini to‘ldirish.

G‘olib qanday aniqlanadi

Tanlovda bitta g‘olib aniqlanadi. G‘olibni aniqlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.