Kiyev hamda uning Yevropa va AQŞdagi hamkorlari Rossiya Ukraina bilan uruşda kelajakda tuzilişi mumkin bölgan öt oçişni töxtatiş kelişuviga rioya qilişini ta’minlaşga qaratilgan köp darajali rejani kelişib olgan. Bu haqda seşanba, 3 fevral kuni Financial Times öz manbalariga tayanib xabar berdi.
Britaniya naşriga köra, Moskva har qanday kelajakdagi sulh kelişuvini yana buzsa, bu Yevropa va AQŞ tomonidan muvofiqlaştirilgan harbiy javobga olib keladi. Naşr suhbatdoşlarining aytişiça, bunday kelişuvlar 2025 yil dekabrida Parijda va 2026 yil yanvarda Kiyevda ukrainalik, yevropalik va amerikalik amaldorlar iştirokida ötgan muhokamalarda işlab çiqilgan. Şu mavzuda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2025 yil dekabrida AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uning Mar-a-Lago qarorgohida bölib ötgan uçraşuvda ham gapirgani aytilmoqda, deb yozadi FT.
Uşbu rejaga köra, agar Rossiya öt oçişni töxtatiş rejimini buzsa, 24 soat içida diplomatik ogohlantiriş beriladi va “bu buzilişni töxtatiş uçun Ukraina armiyasiga kerak böladigan har qanday harakatlar” amalga oşiriladi.
Agar şundan keyin ham jang harakatlari davom etsa, rejaning ikkinçi bosqiçi işga tuşadi: unda Kiyev tarafdorlari deb atalgan “köngillilar koalitsiyasi” vaziyatga aralaşişi közda tutilgan. Uşbu koalitsiyaga YeIning bir qator a’zolari, şuningdek Buyuk Britaniya, Norvegiya, Islandiya va Turkiya kiradi.
Agar sulh buzilişi keng kölamli hujumga aylanib ketsa, birinçi buzilişdan keyin 72 soat içida ğarb kuçlari, jumladan AQŞ armiyasi iştirokida muvofiqlaştirilgan harbiy javob qaytarilişi nazarda tutilgan.
Şu bilan birga, jurnalistlar qayd etişiça, kelişuvning köp tafsilotlari hali ham noaniq. Eng avvalo, xavfsizlik kafolatlari uzoq muddatli sulhga boğlangan, lekin uning aniq çegaralari hali töliq belgilab olinmagan.
Ilgari Donald Tramp Volodimir Zelenskiyga Ukraina uçun NATO şartnomasining 5-moddasidagi kafolatlarga öxşaş xavfsizlik kafolatlarini taklif qilgani aytilgan: bu Rossiya tomonidan yangi ehtimoliy tajovuz bölsa, ittifoqçilarning jamoaviy javobini nazarda tutadi. Ukraina rahbarining sözlariga köra, Tramp bu kafolatlarni 15 yilga taklif qilgan, ammo Ukraina 50 yildek uzoqroq muddatni xohlaydi.
Zelenskiy ötgan hafta ma’lum qilişiça, AQŞ bilan xavfsizlik kafolatlari böyiça kelişuv Ukraina armiyasi sonini 800 ming nafargaça oşirişni, uni ğarb qurol-yaroği bilan ta’minlaşni va Ukraina QK harbiy xizmatçilarini öqitişni nazarda tutadi. Financial Times yozişiça, Volodimir Zelenskiy bunday kelişuvni Vaşington bilan 2026 yil 24 fevralgaça imzolaşni istaydi — aynan şu kunda Rossiyaning keng kölamli bosqini boşlanganiga tört yil töladi. “Bu Kiyevga Moskva bilan muzokaralarda ta’sir qiliş vositasini beradi va Trampning uzoq muddatli qöllab-quvvatlaşini ta’minlaydi”, — deb ta’kidlanadi maqolada.
FT avvalroq Tramp ma’muriyati Ukrainaga şunday işora qilganini xabar qilgan: AQŞ tomonidan xavfsizlik kafolatlari Kiyevning, ehtimol, Donbassdan RF foydasiga voz keçişni öz içiga oladigan tinçlik kelişuviga rozi bölişiga boğliq bölişi mumkin.
Yanvar oxirida AQŞ davlat kotibi Marko Rubio AQŞ va Yevropa Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari masalasida konsensusga kelganini aytgan. Uning sözlariga köra, hal etilmagan masala — mamlakat şarqidagi hududlar böyiça savoldir.
Şuningdek, kelişuv çeklangan harbiy kontingent joylaştirilişini, asosan britan va fransuz qöşinlari bölişini nazarda tutişi aytilgan.












