Estoniya Rossiya bilan çegarada joylaşgan “Luxamaa” va “Koydula” nazorat-ötkaziş punktlari orqali tungi harakatni uç oyga yopadi. Çeklovlar 24 fevraldan kuçga kiradi, deb xabar qildi hukumat payşanba, 5 fevral kuni.
Tallinda tuşuntirişlariça, qarorga “Rossiyadan kelib çiqayotgan çegara hodisalari” sabab bölgan. Uşbu ötkaziş punktlari endi kuniga 12 soat işlaydi, tunga yopilişi esa çegara qöriqlaşga köproq resurs ajratiş imkonini beradi, deya bildirdi Estoniya hukumati.
Estoniya boş vaziri Kristen Mixal Rossiyaning çegaradagi ayrim harakatlari ba’zan “irratsional” bölişini va bunday holatlarni e’tiborsiz qoldirib bölmasligini ta’kidladi. “Rossiya yönalişida töliq bojxona nazorati saqlanib qoladi”, — dedi u. Boş vazir qöşimça qilişiça, Tallin xavfsizlik ehtiyojlari va vaziyat rivojidan kelib çiqib keyingi qarorlarni qabul qiladi.
Estoniya içki işlar vaziri Igor Taroning sözlariga köra, Rossiya çegaraçilarining xulq-atvori politsiya va çegara qöriqlaş departamentidan doimiy ravişda qöşimça resurslar hamda yuqori e’tibor talab qilmoqda. Uning aytişiça, çegaradan ötişlar soni sezilarli kamaygan bir şaroitda ötkaziş punktlaridagi yuklamani qisqartiriş — mantiqiy qadam.
Vazir keltirgan raqamlarga köra, 2018 yilda Estoniyaning şarqiy çegarasini 5,3 million kişi kesib ötgan bölsa, 2025 yilda bu körsatkiç bir milliondan sal köproq darajaga tuşib ketgan.












